Videoretsept: «Pavlova» torti
Masalliqlar:
-
merenga uchun
-
150 gramm tuxum oqi4 ta tuxum
-
200 gramm shakar upasi
-
100 gramm shakar
-
istalgan rezvor mevalar
-
krem uchun
-
250 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
150 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti
-
ta'bga ko'ra istalgan rezvor mevalar
Yo’nalishlar
Yoz mavsumiga hos yengil «Pavlova» tortini tayyorlashni maslahat beramiz. Ushbu tort nomi mashhur balerina Pavlova sharafiga atalgan.
«Pavlova» torti – bu yengil va yumshoq bulut kabi bo’lib, unda rezavor mevalar, krem va tuxum oqidan tayyorlangan merenga ta’mlari ajoyib tarzda uyg’unlashadi.
Asosiga istalgan meva va rezavor mevalardan foydalanishingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
merenga uchun |
|
150 gramm tuxum oqi | |
200 gramm shakar upasi | |
100 gramm shakar | |
istalgan rezvor mevalar | |
krem uchun |
|
250 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
150 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti | |
ta'bga ko'ra istalgan rezvor mevalar |
Merenga tayyorlaymiz:
Tuxum oqini mikser yordamida shakar upasini oz-ozdan solgan holda extiyotkorlik bilan ko'pirtiramiz.
Merenga yetarlicha ko'pirganidan so'ng, oz-ozdan shakar solib, qattiq pik holatiga kelgunicha ko'pirtiramiz.
Pergament qog'ozi ustiga diametri 20-22 smli doira shaklini chizamiz. Silikon lopata yordamida merengani doira ichiga moslab solamiz. Solayotganda merengani yon qismlari o'rtasidan ko'ra balanad bo'lishiga ahamiyat bering. Merenga o'rtasida chuqurcha hosil bo'lishi kerak.
Merengani 150 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 1 soat 30 daqiqaga yuboramiz. So'ngra sovushi uchun gaz pechi panjarasi ustiga qo'yib qo'yamiz.
Krem tayyorlaymiz:
Mikserning o'rtacha tezligida qaymoqni mikser qaymoqda aniq naqsh qoldirgunicha ko'pirtirib olamiz.
Muhim! Qaymoq va quyiltirilgan sut sovuq bo'lishi lozim.
Quyiltirilgan sutni oz-ozdan quyib, massa qattiq pik holatiga kelgunicha ko'pirtiramiz.
Kremni merenga o'rtasidagi chuqurchaga quyamiz. Rezavor mevalar bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
merenga uchun |
|
150 gramm tuxum oqi | |
200 gramm shakar upasi | |
100 gramm shakar | |
istalgan rezvor mevalar | |
krem uchun |
|
250 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
150 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti | |
ta'bga ko'ra istalgan rezvor mevalar |