fbpx
Videoretsept: pankeyklardan tayyorlangan mini-tort

Videoretsept: pankeyklardan tayyorlangan mini-tort

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Pankeyklardan ajoyib tort tayyorlashni maslahat beramiz. Qolaversa quyultirilgan sutdan tayyorlangan bunday pankeyklar mazali, yumshoq va havodor bo’lib chiqadi.

Ularni albatta tayyorlab, oila a’zolaringizni xursand qiling.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
3 ta tuxum
bir chimdim tuz
3-4 osh qoshiq "Ичня" quyultirilgan suti
200 millilitr iliq suv yoki sut
1 choy qoshiq vanil shakari
100 millilitr o'simlik yog'i
160 gramm un
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
Qadam 1
Tugallandi

Tuxumni bir chimdim tuz bilan ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

"Ичня" quyultirilgan suti va iliq suv solib, yana ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra vanil shakari va o'simlik yog'i solib, yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qabartma va un solib, mikserda aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pankeyklarni quruq tovada ikki taraflama 1 daqiqadan pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pankeyklarni likopchaga qo'yib, har birini ustiga shokolad pastasini surtib, tort hosil qilamiz. Eng oxirida ustiga banan bo'laklarini qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi ramiy sahifasi Iчня

Mazali reklama

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 2
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
3 ta tuxum
bir chimdim tuz
3-4 osh qoshiq "Ичня" quyultirilgan suti
200 millilitr iliq suv yoki sut
1 choy qoshiq vanil shakari
100 millilitr o'simlik yog'i
160 gramm un
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
oldingi
Videoretsept: zanjabilli xamirdan tayyorlangan shokoladli tart
keyingi
Videoretsept: zanjabilli pechenye

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.