Videoretsept: oshirma xamirdan tayyorlangan go’shtli pirog
Masalliqlar:
-
500 gramm "Mali"dan tayyor oshirma xamir
-
300 gramm mol go'shtidan qiyma
-
150 gramm piyoz
-
100 gramm ismaloqyoki boshqa ko'katlar
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
-
ustiga sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Oila a’zolaringizni mazali va to’yimli pishiriqlardan biri sanalmish go’shtli pirog bilan siylashni istasangiz-u, ammo buning uchun yetarlicha bo’sh vaqt topa olmasangiz, bunda tayyor xamirlar sizga ko’maklashadi.
Asosi uchun qiyma oldindan qovurib olinsa, pirog yanada tezroq tayyor bo’ladi.
Masalliqlar:
500 gramm "Mali"dan tayyor oshirma xamir | |
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
150 gramm piyoz | |
100 gramm ismaloq | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut | |
ustiga sepish uchun kunjut |
Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz.
Ustini sochiq bilan yopib, 30 daqiqaga qoldiramiz.
Xamir tingunga qadar asosini tayyorlab olamiz: to'g'ralgan ismaloq, piyoz va qiymani bitta idishga solamiz, tuz va murch sepib aralashtiramiz. Bir chetga olib qo'yamiz.
Yoki hammasini tovaga solib, nomiga qovurib olamiz.
Xamirni ikkiga bo'lamiz. Bittasi ikkinchisidan sal kattaroq bo'lsin.
Katta xamirni 0.5 sm qalinlikda yoyib olamiz.
Yog' surtilgan qolipga xamirni olamiz.
Xamir ustidan qiymali aralashmani solamiz.
Ikkinchi xamirni ham yoyib, pirog ustini yopamiz.
Bezatish uchun ozroq xamirdan olib qo'yamiz.
Qolgan xamirdan bargchalar kesib, pirogni bezatamiz. Sanchiq bilan pirog ustini teshib chiqamiz.
Pirog ustidan tuxum sarig'i va sut aralashmasini surtib, kunjut sepamiz.
Masalliqlar:
500 gramm "Mali"dan tayyor oshirma xamir | |
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
150 gramm piyoz | |
100 gramm ismaloq | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut | |
ustiga sepish uchun kunjut |