fbpx
Videoretsept: oq shokolad va bodom qo’shilgan sabzili pechenye

Videoretsept: oq shokolad va bodom qo’shilgan sabzili pechenye

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sabzili pechenye – oson tayyorlanadigan lazzatli pishiriq. Tarkibida sabzi ko’p emas, ta’mi sezilmaydi, ammo pechenye rangini yorqin qiladi. Pechenye tashqi qarsillagan ichi esa yumshoq bo’lib pishadi. Shuningdek, ta’m uchun oq shokolad va bodom qo’shdik. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
180 gramm yumshatilgan sariyog'
150 gramm shakar upasi
60 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qizil sabzi
300 gramm un
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
0,5 choy qoshiq tuz
40 gramm tozalangan bodom
50 gramm oq shokolad
Qadam 1
Tugallandi

Chuqur idishda yumshoq sariyog’ va shakar upasini aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Mayda qirg’ichdan chiqarilgan sabzini qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un, qabartma va tuz qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Maydalangan shokolad va bodom qo’shib, qo’lga yopishmaydigan yumshoq xamir qoramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni dumaloq shaklga keltirib, plyonkaga o’rab, 30 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni 5 millimetr qalinlikda yoyib, stakan yoki qolip yordamida dumaloqchalar kesamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pechenyelarni pergament solingan patnisga teramiz.

Qadam 8
Tugallandi

190С gacha qizdirilgan pechga 15-20 daqiqaga, qizarib pishguncha, qo’yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pechenyelarni chiqarib, patnisdan tarelkaga olib, sovutamiz. Xohishga ko’ra ustiga shakar upasi sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 18
  • Oddiy
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
180 gramm yumshatilgan sariyog'
150 gramm shakar upasi
60 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qizil sabzi
300 gramm un
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
0,5 choy qoshiq tuz
40 gramm tozalangan bodom
50 gramm oq shokolad
oldingi
Videoretsept: shokoladli maffin shtreyzel bilan
keyingi
Videoretsept: mini-chebureklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.