Videoretsept: Olxo’ri solib pishirilgan shokoladli pirog
Masalliqlar:
-
4 ta tuxum
-
220 gramm eritilgan qora shokolad
-
150 gramm un
-
2 osh qoshiq kakao kukuni
-
120 gramm shakar
-
150 gramm sariyog'
-
1 choy qoshiq qabartma
-
bir chimdim tuz
-
6-7 dona olxo'ri
Yo’nalishlar
Shokoladli xamir va olxo’ri birgalikda takrorlanmas ta’mni hosil qilishini bilasizmi? Unday bo’lsa, siz ham bizning pirogdan pishirib ko’ring!
Tavsiya! Bu pirogga olxo’ri solmasdan pishirsangiz, unda uni ikkiga bo’lib, o’rtasi va ustiga krem surtishingiz evaziga mazali tort tayyorlashingiz ham mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 38 000 so’m sarf qilinadi.*
*nnarxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
4 ta tuxum | |
220 gramm eritilgan qora shokolad | |
150 gramm un | |
2 osh qoshiq kakao kukuni | |
120 gramm shakar | |
150 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
6-7 dona olxo'ri |
Tog'orachaga yumshoq sariyog' va shakarni solamiz. Oqarguniga qadar mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Bittadan tuxum solib, har birini solgandan so'ng yaxshilab ko'piritiramiz.
Ustidan mikroto'lqinli pech yoki suv bug'ida eritilgan shokoladni solamiz va aralashtiramiz.
Shuningdek kakao va tuzni ham solib, aralashtiramiz.
Un bilan qabartmani ham elab solamiz va yaxshilab aralashtirib olamiz.
Aylanasi 21 sm kattalikda bo'lgan qolipga sariyog' surtib, xamirni quyamiz. Ustini tekislab, ikkiga bo'lingan olxo'rilarni terib chiqamiz.
180 C darajada qizigan pechda 45-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
4 ta tuxum | |
220 gramm eritilgan qora shokolad | |
150 gramm un | |
2 osh qoshiq kakao kukuni | |
120 gramm shakar | |
150 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
6-7 dona olxo'ri |