Videoretsept: Olmadan chipslar tayyorlash
Masalliqlar:
-
3 ta olma
-
ta'bga qarab maydalangan dolchin
-
ta'bga qarab vanil
-
ta'bga qarab shakar
Yo’nalishlar
Tabiiy, past kaloriyali, mazali olmali chipslar – mazali va foydali yegulik tarafdorlari uchun ajoyib topilma! 20 daqiqa ichida tayyorlaniladigan bunday chipslarni albatta tayyorlab ko’ring.
Uy sharoitida olmali chipslarni tayyorlash uchun bizga mikroto’lqinli pech yordam beradi. Ularni nafaqat o’zini iste’mol qilish mumkin, balki pishiriq va bo’tqalarga ham solib, yangi ta’mlar kashf qilishingiz mumkin.
Masalliqlar:
3 ta olma | |
ta'bga qarab maydalangan dolchin | |
ta'bga qarab vanil | |
ta'bga qarab shakar |
Olmalarni yaxshilab yuvamiz, maxsus qirg'ich yoki o'tkir pichoq bilan yupqa parrak shaklida to'g'rab olamiz..
Danaklaridan tozalaymiz.
Olmali chipslar uchun suvli va shirin-nordon ta'mli olmalardan tanlaganingiz ma'qul.
Mikroto'lqinli pech likopchasiga pergament qog'oz to'shab, ustidan olmalarni terib chiqamiz.
Olmalarni ustidan ta'bga qarab yuqoridagi ziravorlardan sepamiz va mikroto'lqinli pechga qo'yamiz.
Chipslarni 5 daqiqa davomida eng yuqori quvvatda pishirib olamiz, biz 1000 V da tayyorladik.
Agar ular haliyam yumshoq bo'lsa, unda ularni ag'darib, yana ikki daqiqa pishirib oling.
Chipslar issiqligida biroz yumshoqroq bo'lishi mumkin, ammo sovigandan so'ng esa ular qarsildoq holatga kiradi.
Bunday chipslarni quruq bankalarda saqlashingiz ma'qul. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
3 ta olma | |
ta'bga qarab maydalangan dolchin | |
ta'bga qarab vanil | |
ta'bga qarab shakar |