Videoretsept: Olcha va shokoladli pirog
Masalliqlar:
-
1 osh qoshiq kakao kukuni
-
3 osh qoshiq sut
-
150 gramm danagidan tozalangan muzlatilgan olcha
-
3 ta tuxum
-
100 gramm shakar
-
bir chimdim tuz
-
100 gramm sariyog'
-
175 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma
-
50 gramm qora shokolad
-
bezatish uchun oq va qora shokolad
Yo’nalishlar
Oddiy va tezpishar, ammo shu bilan birga ajoyib ko’rinishga ham ega pirogdan tayyorlashni istaysizmi? Unday bo’lsa olcha va shokoladli pirog qanday tayyorlaniladi bilib oling.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 osh qoshiq kakao kukuni | |
3 osh qoshiq sut | |
150 gramm danagidan tozalangan muzlatilgan olcha | |
3 ta tuxum | |
100 gramm shakar | |
bir chimdim tuz | |
100 gramm sariyog' | |
175 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
50 gramm qora shokolad | |
bezatish uchun oq va qora shokolad |
Tog'orachaga xona haroratida yumshagan sariyog', tuz, shakar va vanil shakarini solamiz.
Yaxshilab ko'pirtirib olamiz. So'ng esa tuxumni bitta-bitta solib, har solgandan so'ng, 1 daqiqadan ko'pirtirib olamiz.
Un va qabartmani elab solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.
Cheti ochilib-yopiladigan qolipga sariyog'dan surtamiz va ozroq un sepamiz.
Qolipga xamirning yarmini quyamiz.
Qolgan xamirning yarmiga kakao va sut solib, aralashtirib olamiz.
Shokoladni bo'laklarga bo'lib solamiz va aralashtirib olamiz.
Bu xamirni ham birinchi xamir ustidan quyib, ustini tekislab olamiz.
Muzlatilgan olcha yoki giloslarni ozroq un bilan aralashtirib olamiz va pirogning ustidan solib chiqamiz.
Qolipni pechga yuboramiz.
180 C darajada qizigan pechda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Gugurt cho'pi bilan tekshiramiz, agarda u quruq chiqsa, demak pirog tayyor.
Pirogni avval qolipda sovutib, so'ng undan ajratib olamiz.
Ustini shokoladli glazur, bodom bo'lakchalari yoki har xil bezaklar bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 osh qoshiq kakao kukuni | |
3 osh qoshiq sut | |
150 gramm danagidan tozalangan muzlatilgan olcha | |
3 ta tuxum | |
100 gramm shakar | |
bir chimdim tuz | |
100 gramm sariyog' | |
175 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
50 gramm qora shokolad | |
bezatish uchun oq va qora shokolad |