Videoretsept: oddiy olmali pirog
Masalliqlar:
-
200 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
-
1 ta tuxum
-
2-3 osh qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
390 gramm un
-
bir chimdim tuz
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
asosiga
-
400-500 gramm olma
-
2 osh qoshiq limon sharbati
-
2-3 osh qoshiq shakar
Yo’nalishlar
Qumoq xamirdan tayyorlangan olmali piroglarni yoqtirasizmi? Agar ha bo’lsa, unda ushbu retsept ana shunday pirog retseptlari ichida eng zo’ri.
Bunday pirog juda oson, tez va eng asosiysi oddiy masalliqlardan tayyorlanadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 22 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
200 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe" | |
1 ta tuxum | |
2-3 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
390 gramm un | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
asosiga |
|
400-500 gramm olma | |
2 osh qoshiq limon sharbati | |
2-3 osh qoshiq shakar |
Xamir tayyorlaymiz:
Un, qabartma va tuzni aralashtiramiz.
Unga sovuq sariyog'ni qirg'ichdan chiqaramiz.
Shakar va vanil shakarini solib, qo'lda ishqalab, qumoq holatiga keltiramiz.
So'ngra tuxum solib, aralashtiramiz va 30 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Asosini tayyorlaymiz:
Olmani qirg'ichning yirik tishidan o'tkazib, limon sharbati va shakar solib, aralashtiramiz.
Muzlatgichdan olingan xamirning ⅔ qismini (diametri 24ga 26 smli) qolipning tagiga va yonlariga chiqargan holda solamiz.
Ustiga asos solib, uning ustidan qolgan xamir qumoqlarini solamiz.
175 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 45-50 daqiqaga yuboramiz.
Yaxshilab sovutib, so'ngra dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
200 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe" | |
1 ta tuxum | |
2-3 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
390 gramm un | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
asosiga |
|
400-500 gramm olma | |
2 osh qoshiq limon sharbati | |
2-3 osh qoshiq shakar |