fbpx
Videoretsept: o’rikli bulochkalar

Videoretsept: o’rikli bulochkalar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Bezak uchun

Yo’nalishlar

Yumshoq, havodor, xushbo’y abrikosli mazali bulochkalar. Xohishga ko’ra nachinkasiga boshqa meva yoki rezavor mevalar ishlatish mumkin. Barcha bunday chiroyli ko’rinishdagi mazali bulochkalardan hayratda qoladi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
150 millilitr iliq sut
5 gramm quruq xamirturush
80 gramm shakar
40 gramm smetana
60 gramm yumshatilgan sariyog'
1 ta tuxum
400 gramm un
Nachinka uchun
400 gramm o'rik
50 gramm shakar
Bezak uchun
15 gramm shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Chuqur idishda quruq xamirturush, 1 osh qoshiq shakar va iliq sutni birlashtiramiz. Ko’pik hosil bo’lishi uchun 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Oparaga tuxum, smetana, qolgan shakar va sariyog’ni qo’shamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Elangan un qo’shib yumshoq xamir qoramiz. Iliq joyga 1,5-2 soatga oshishi uchun qo’yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

Kubik shaklida to’g’ralgan abrikoslar va shakarni idishga solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

O’rtacha olovda 5 daqiqa davomida dimlaymiz, so’ngra ortiqcha suyuqlikni to’kib yuborib, nachinkani sovutamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Bulochka shakllantiramiz

Oshgan xamirni 4 ga bo’lamiz. Har bir qismni dumaloq shaklda yoyib, 4 ta uchburchakga bo’lamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Har bir uchburchak o’rtasiga 1 osh qoshiq nachinka solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Nachinkaning ikki chetidan 3 ta chiziq kesamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Birinchi bir tomonini nachinka ustiga yopamiz, so’ng ikkinchi tomonini. Chetlarini chimchilaymiz.

Qadam 10
Tugallandi

Bulochkalarni pergament qog’ozi solingan patnisga terib, 20-30 daqiqaga oshishi uchun qoldiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

180С darajada 20-30 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tayyor bulochkalarni sovutib, shakar upasi sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdan ortiq
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
150 millilitr iliq sut
5 gramm quruq xamirturush
80 gramm shakar
40 gramm smetana
60 gramm yumshatilgan sariyog'
1 ta tuxum
400 gramm un
Nachinka uchun
400 gramm o'rik
50 gramm shakar
Bezak uchun
15 gramm shakar upasi
oldingi
Videoretsept: pishirilmaydigan bananli pirog
keyingi
Videoretsept: meksikancha burrito

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.