fbpx
Videoretsept: nordon va shirin qaylaga ega tovuq va sabzavotlar

Videoretsept: nordon va shirin qaylaga ega tovuq va sabzavotlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Oxirgi paytlarda tovuq go’shtidan tayyorlangan taomlar urfga aylandi. Bunday kechki ovqat nafaqat yengil, balki juda mazalihamdir.

Ushbu retsept bo’yicha pishirilgan tovuq go’shti mayin va sersuv bo’lib pishadi.

Retseptda ishlatilgan sabzavotlar yil bo’yi bozor shahobchalarida mavjud, ammo siz ularni o’z ta’bingizga ko’ra almashtirishingiz mumkin. Taomga eng mos garnir – guruch.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm tovuq filesi
150 gramm sabzi
150 gramm piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
350 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
ta'bga ko'ra Chili qalampiri
2 osh qoshiq soya qaylasi
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra istalgan ko'katlar
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq filesini uzunchoq shaklda o'rtacha kattalikda to'g'raymiz sariyog'da qovurib olamiz. So'ngra chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

O'sha sariyog'da avval uzunchoq shaklda to'g'ralgan sabzi, so'ngra piyoz va bulg'or qalampirini 5-7 daqiqa qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Maydalangan sarimsoqpiyoz va soya qaylasini solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovuq filesini sabzavotlar qovurilayotgan tovaga qaytarib, yana 10 daqiqa qovuramiz. Oxirida tuz, murch va maydalangan ko'katlarni solamiz. Garnir uchun dasturxonga qaynatilgan guruch tortishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 25 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm tovuq filesi
150 gramm sabzi
150 gramm piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
350 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
ta'bga ko'ra Chili qalampiri
2 osh qoshiq soya qaylasi
ta'bga ko'ra tuz va murch
ta'bga ko'ra istalgan ko'katlar
oldingi
Videoretsept: armancha gata pechenyesi
keyingi
Turkcha desert (syutlach)

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.