fbpx
Videoretsept: «Muraveynik» pishiriqlari

Videoretsept: «Muraveynik» pishiriqlari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

«Muraveynik» – tayyorlash umuman qiyin bo’lmagan shirinliklardan biridir. Bu pishiriq uvalangan xamir va krem qorishmasidan tayyorlaniladi.

Sizlarga ham bunday shirinliklardan tayyorlab ko’rishni tavsiya qilamiz.

Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 18 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
2 osh qoshiq shakar upasi
2 ta tuxum
400 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
380 gramm Maselkodan "Lakomka" quyultirilgan qaynatilgan suti
50 gramm sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Xona haroratida yumshagan sariyog'ni shakar upasi bilan ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Margarin ustidan tuxumni solib ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un va qabartmani elab solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Yumshoq xamir qorib olamiz va yelim xaltaga solib, 20-30 daqiqaga muzlatgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Biroz qotgan xamirni to'rtga bo'lib, qirg'ichning katta tishchasidan chiqaramiz,

Qadam 6
Tugallandi

Qirg'ichdan chiqarilgan xamirni pech patnisiga yoyib, 200 C darajada 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Quyultirilgan qaynatilgan sutni biror idishga quyib, 20 soniya davomida mikroto'lqinli pechda ilitib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Eritilgan sariyog'ni quyltirilgan sut ustidan solib, aralashtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Sovigan xamir ustidan kremni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Mos keluvchi idishcha (ryumka yoki stakan)ni sovuq suvga botirib, so'ng qoshiqda ichiga xamirdan solib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

So'ng yassi idish ustidan muraveyniklarni chiqarib teramiz.

Tavsiya: ular idishdan oson ajralishi uchun stakanlarni suvga ho'llab olishni unutmang.

Qadam 12
Tugallandi

Ustini esa eritilgan shokolad bilan bezatib chiqamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Muraveyniklarni 2-3 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
2 osh qoshiq shakar upasi
2 ta tuxum
400 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
380 gramm Maselkodan "Lakomka" quyultirilgan qaynatilgan suti
50 gramm sariyog'
oldingi
Smetanada pishirilgan qovoqcha va bulg’or qalampiridan taom
keyingi
Olchali sochma pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.