fbpx
Videoretsept: mikroto’lqinli pechda pishirilgan shokoladli keks

Videoretsept: mikroto’lqinli pechda pishirilgan shokoladli keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

15 daqiqada keks pishirish mumkinligi haqida eshitganmisiz? Unday bo’lsa, qulay o’tirib oling va bizning retseptni yozib oling! Chunki bu eng oson tayyorlaniladigan kekslardan biridir. Mazali va tez tayyorlaniladigan bu mazali shirinlik barcha oila a’zolaringizga yoqishiq aniq. Asosiysi bu shirinlikka kerakli masalliqlar har bir xonadonda topilishi aniq.

Masalliqlar:

Portsiya:
4 osh qoshiq un
2 osh qoshiq kakao
0.5 choy qoshiq qabartma
3 osh qoshiq sut
4 osh qoshiq shakar
1 ta tuxum
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab yong'oq
ta'bga qarab vanil
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni bitta idishga solamiz va yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xohlagan turdagi yong'oqdan solasiz va yaxshilab aralashtirasiz.

Qadam 3
Tugallandi

Keks xamirini piyola yoki xohlagan issiqqa chidamli idishga solasiz.

Xamir idishning teng yarmigacha yoki undan sal ko'proq bo'lishi kerak, agarda ko'p solsangiz xamir ko'tarilib chetidan oqib ketishi mumkin.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir solingan idishni mikroto'lqinli pechga 800 V quvvatida 2 daqiqaga qo'yasiz.

Asosiysi, keksni ko'p pishirib yubormang, aks holda u qattiqlashib qoladi.

Qadam 5
Tugallandi

Keksni o'rtasi "qalpoqcha" kabi ko'tariladi - shunday chiqishi kerak.

Keks iliqligicha dasturxonga tortiladi va iste'mol qilinadi.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 15 daqiqa
  • Portsiya 1
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
4 osh qoshiq un
2 osh qoshiq kakao
0.5 choy qoshiq qabartma
3 osh qoshiq sut
4 osh qoshiq shakar
1 ta tuxum
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab yong'oq
ta'bga qarab vanil
oldingi
Batafsil fotoretsept: Chuchvara
keyingi
Qizil baliq va bedana tuxumlaridan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.