Videoretsept: «Midiya» paxlavasi
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
1 ta tuxum
-
200 millilitr sut
-
1 choy qoshiq 9% li sirka
-
50 millilitr o'simlik yog'i
-
20 gramm kefir
-
500 gramm un
-
Nachinka uchun
-
250 gramm maydalangan yong'oq
-
Surtish uchun
-
50 gramm eritilgan sariyog'
-
Qiyom uchun
-
350 gramm shakar
-
400 millilitr suv
-
yarim limon sharbati
Yo’nalishlar
Paxlava tayyorlashning ko’plab usullari mavjud, bugun sizga ajoyib shakldagi bu turk shirinligining oson retseptini taqdim etamiz. Bunday paxlava juda lazzatli, to’yimli, shirin va mayin bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
1 ta tuxum | |
200 millilitr sut | |
1 choy qoshiq 9% li sirka | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
20 gramm kefir | |
500 gramm un | |
Nachinka uchun |
|
250 gramm maydalangan yong'oq | |
Surtish uchun |
|
50 gramm eritilgan sariyog' | |
Qiyom uchun |
|
350 gramm shakar | |
400 millilitr suv | |
yarim limon sharbati |
Xamir tayyorlaymiz
Chuqur idishda tuxum, sut, sirka, o’simlik yog’i va kefirni birlashtiramiz. Venchik yordamida aralshtiramiz.
Oz-ozdan elangan un qo’shib, yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz.
Xamirni plyonka yoki paketga o’rab 30 daqiqaga aoldiramiz.
Xamirni 8 qismga bo’lamiz. Har birini yupqa qilib yoyamiz.
Yoyilgan xamirni juvaga o’rab, garmoshka kabi ezib chiqamiz.
Xamirni ehtiyotkorlik bilan tushuramiz. O’rtasiga maydalangan yong’oqni solib, chetlari yordamida berkitamiz.
Xamirni o’rtacha hajmmdagi bo’laklarga bo’lib, chetlarini yopishtiramiz.
Paxlavani chetlari baland qolipga solib, eritilgan sariyog’ surtamiz.
180C gacha qizdirilgan pechda 30-40 daqiqa davomida qizarguncha pishiramiz.
Qiyom tayyorlaymiz
Idishda shakar, suv va limon sharbatini birlashtiramiz. Qaynagandan so’ng, past olovda 5 daqiqa davomida qaynatamiz.
Issiq paxlava ustiga shakarli qiyimni quyamiz. Bir-necha soatga, xamir qiyomni shimib olishi uchun, qoldiramiz.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
1 ta tuxum | |
200 millilitr sut | |
1 choy qoshiq 9% li sirka | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
20 gramm kefir | |
500 gramm un | |
Nachinka uchun |
|
250 gramm maydalangan yong'oq | |
Surtish uchun |
|
50 gramm eritilgan sariyog' | |
Qiyom uchun |
|
350 gramm shakar | |
400 millilitr suv | |
yarim limon sharbati |