Videoretsept: meva va yogurtli desert
Masalliqlar:
-
500 gramm istalgan mevali yogurt
-
20 gramm jelatin
-
100 gramm kivi
-
100 gramm istalgan meva yoki rezavor meva
Yo’nalishlar
Mehmonlar va oila a’zolariga bemalol taqdim etsa bo’ladiga oson va tez tayyorlanadigan desert retsepti. Qolaversa, ushbu desert kichkintoylar va qomati to’g’risida qayg’uradiganlarga ham ma’qul keladi.
Retsept juda universal bo’lib, uni har safar turli mazali yogurt va turli xil mevalardan tayyorlab, o’zgacha ta’mga ega bo’lishingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm istalgan mevali yogurt | |
20 gramm jelatin | |
100 gramm kivi | |
100 gramm istalgan meva yoki rezavor meva |
Idishga mevali yogurt va jelatin solamiz.
Idishni past olovga qo'yib, 2-3 daqiqa isitamiz, ammo, qaynab ketishiga yo'l qo'ymaymiz.
Desert uchun qoliplarni tayyorlaymiz.
Mevalarni bo'laklarga bo'lamiz.
Yogurtli massani qoliplarga quyamiz.
So'ngra har bir qolipga kivi va meva bo'laklarini solamiz. Har qanday mevalardan foydalansa bo'ladi. Masalan: apelsin, banan, malina va hatto anjir.
Desertni muzlatgichga eng kamida 4 soatga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida
Masalliqlar:
500 gramm istalgan mevali yogurt | |
20 gramm jelatin | |
100 gramm kivi | |
100 gramm istalgan meva yoki rezavor meva |