fbpx
  • Asosiy
  • Salatlar
  • Videoretsept: marinadlangan qo’ziqorin va bodringli salat
Videoretsept: marinadlangan qo’ziqorin va bodringli salat

Videoretsept: marinadlangan qo’ziqorin va bodringli salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu, oson tayyorlanadigan salat ham bayram dasturxoni uchun, ham har-kungi tushlik uchun ajoyib tanlov. Salat oddiy va hamyonbop masalliqlardan tayyorlanib, mazali va to’yimli bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Piyozni tozalab, mayda to’g’raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Marinadlangan va oddiy bodringni somoncha shaklida to’g’raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Marinadlangan qo’ziqorin va tovuq filesini o’rtacha kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Idishda barcha masalliqlarni birlashtirib, yashil no’xat, maydalangan sarimsoqpiyoz, tuz, murch va mayonez qo’shamiz. salatni yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tarelka ustiga halqa qolipni o’rnatib, ichiga salatni solamiz va 10 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor salatdan qolipni olib tashlab, shivit shoxchalari bilan bezatamiz va dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o'zbek tilida): t.me/korzinka_uzb

Reklama huquqi asosida.

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Videoretsept: pryanikdan uy
keyingi
Videoretsept: zanjabilli pryaniklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.