Videoretsept: Mandarinli panna kotta
Masalliqlar:
-
Qaymoqli qavatiga:
-
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
200 millilitr shakarsiz yogurt
-
100 gramm oq shokolad
-
30 gramm shakar
-
100 gramm jelatin
-
60 gramm sovuq suv
-
Mandarinli qavatiga:
-
600 gramm mandarin
-
50 gramm shakar
-
15 gramm jelatin
-
90 gramm sovuq suv
Yo’nalishlar
Qaymoq va mandarin sharbatidan tayyorlaniladigan mana bunday tabiiy va juda mazali shirinlik hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.
Shuningdek bunday desert oddiy va hammaga tanish mahsulotlardan tayyorlaniladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 43 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
Qaymoqli qavatiga: |
|
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
200 millilitr shakarsiz yogurt | |
100 gramm oq shokolad | |
30 gramm shakar | |
100 gramm jelatin | |
60 gramm sovuq suv | |
Mandarinli qavatiga: |
|
600 gramm mandarin | |
50 gramm shakar | |
15 gramm jelatin | |
90 gramm sovuq suv |
Qaymoqli qavatini tayyorlaymiz:
Jelatin ustidan sovuq suv quyib, biroz muddatga ivitib qo'yamiz.
Yogurt va qaymoqni qozonchaga solib aralashtiramiz, gazga qo'yamiz va qaynash darajasiga keltiramiz.
Xohishga qarab bu desertni yogurt solmasdan, faqatgina qaymoqdan tayyorlash ham mumkin.
Qaynoq aralashmaga oq shokolad va shakarni solib, to'liq eriguniga qadar aralashtirib olamiz.
Bo'ktirilgan jelatinni gazga qo'yib, eritib olamiz. Ammo qaynashiga yo'l qo'ymaymiz. Qaymoqli aralashma ustidan quyamiz.
Aralashmamizni xohlagan bokal yoki stakanlarning yarmigacha quyib chiqamiz.
Tavsiya: Suyuqlik solingan bokallarni sovutgichga yonboshlab qo'ysangiz, qotganidan so'ng yanada ajoyib ko'rinshga kiradi.
Jelatin qotishi uchun bokallarni 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Mandarinli qavatini tayyorlaymiz:
Mandarinlarni po'stidan tozalab olamiz va blender idishiga solib, ezib maydalaymiz.
So'ng esa doka ro'moldan o'tkazamiz.
15 gramm jelatin ustidan sovuq suv quyib, ivitib qo'yamiz.
Mandarin sharbatini ozroq qizdirib, xohishga qarab shakardan solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.
Jelatinni eritib olamiz va mandarinli sharbat ustidan quyamiz. Yaxshilab aralashtirib, xona haroratidek soviguniga qadar qoldiramiz. So'ng sovutgichga qo'yilgan bokallarga quyib chiqamiz.
Desertni qotishi uchun 3-4 soatga sovutgichga olib qo'yamiz va tayyor bo'lganidan keyin ta'bga qarab bezatib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Masalliqlar:
Qaymoqli qavatiga: |
|
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
200 millilitr shakarsiz yogurt | |
100 gramm oq shokolad | |
30 gramm shakar | |
100 gramm jelatin | |
60 gramm sovuq suv | |
Mandarinli qavatiga: |
|
600 gramm mandarin | |
50 gramm shakar | |
15 gramm jelatin | |
90 gramm sovuq suv |