fbpx
Videoretsept:  «Mandarin» yangi yil salati

Videoretsept: «Mandarin» yangi yil salati

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yorqin, sabzirang, ishtaha ochar – yangi-yil dasturxoni uchun eng yaxshi gazak. Mandarin ko’rinishidagi salatni tayyorlash ko’p vaqt va masalliq talab qilmaydi. Yangi yil dasturxoni bezagi bo’ladi va mehmonlaringizni befarq qoldirmaydi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
4 ta qaynatilgan sabzi
3 ta qaynatilgan tuxum
120 gramm qattiq pishloq
150 gramm qaynatilgan tovuq filesi
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
30 millilitr mayonez
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
Qadam 1
Tugallandi

Tuxum, sabzi va tovuq filesini qaynatib pishiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum, pishloq va sarimsoqpiyozni mayda qirg’ichdan chiqaramiz. Tovuq filesini mayda to’g’raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Idishda tuxum, pishloq, sarimsoqpiyoz, tovuq filesi, ziravorlar va mayonezni aralshtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Mandarin shaklida dumaloqchalar yasaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sabzini mayda qirg’ichdan chiqarib, sharbatini siqib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sabziga bir chimdim tuz va 1 osh qoshiq mayonez qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Plyonkani kesib olamiz. Ustiga 1 osh qoshiq sabzi va o’rtasiga dumalochani qo’yamiz. Plyonkani berkitib, mandarin shakliga keltiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

«Mandarinchalarni» tarelkalarga tuzab, qora murch donalari va ismaloq barglari bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
4 ta qaynatilgan sabzi
3 ta qaynatilgan tuxum
120 gramm qattiq pishloq
150 gramm qaynatilgan tovuq filesi
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
30 millilitr mayonez
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
oldingi
Videoretsept: go’shtli nachinka bilan «stromboli»
keyingi
Videoretsept: «Qordagi toshlar» qatlamli salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.