fbpx
Videoretsept: «Malakning ko’z yoshlari» pirogi

Videoretsept: «Malakning ko’z yoshlari» pirogi

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Tvorogli asosiga:

  • Bezesiga:

Yo’nalishlar

«Malakning ko’z yoshi» bu antiqa pirog bo’lib, u hech kimni e’tiborsiz qoldirmaydi. 

Tortning ustida hosil bo’ladigan tillarang tomchilar sabab ham, u juda ham chiroyli ko’rinish kasb etadi.

Bu pirogdagi «malak ko’z yoshlari» hosil bo’lishi uchun uni kechqurun tayyorlash kerak bo’ladi, shunda ertalabgacha u sovib, ustida tomchilar paydo bo’ladi.

Tayyorlaniladigan pirogga taxminan 22 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
160 gramm un
80 gramm sariyog'
2 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq qabartma
1 dona tuxum sarig'i
1-2 osh qoshiq muzdek suv
Tvorogli asosiga:
500 gramm tvorog
100 gramm smetana
3 ta tuxum sarig'i
200 gramm shakar
10 gramm vanil shakari
25 gramm bug'doy yormasi mannaya krupa
Bezesiga:
4 ta tuxum oqi
4 osh qoshiq shakar
Qadam 1
Tugallandi

Unni shakar va qabartma bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Muzdek sariyog'ni to'g'rab solamiz va un bilan ishqalab, kukunsimon holatga keltiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum sarig'i va muzdek suvni solib, xamir qoramiz va aylana shaklga keltiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tvorogli qavatini tayyorlaymiz. Tuxum sarig'i, tvorog, smetana, shakar, vanilin va bug'doy yormasi (mannaya krupa)ni blender idishiga solib, silliq bo'lguniga qadar ezib maydalab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ikkita pergament qog'oz o'rtasida xamirni qolipga mos hajmda yoyib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Aylanasi 24-26 sm li qolipga xamirni solib, chetlarini 2 sm balandroq qilib olamiz, shunda ustidagi asos oqib ketmaydi.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirning ustidan tvorogli aralashmani tekislab solib, 180 C darajada qizigan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tuxum oqini alohida idishda yaxshilab ko'pirtirib olamiz, yaxshilab ko'pirganidan so'ng, oz-ozdan shakar solamiz. Shakar erigunga qadar yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pishgan pirogni olib, ustidan bezeni solib tekislaymiz va qizarguniga qadar yana 10-15 daqiqa gaz pechida pishirib olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pirog to'liq soviguniga qadar gaz pechini ichida qoldiramiz, shunda uning ustida tomchilar paydo bo'ladi.

Yoki qolipni gaz pechidan olib, ustini qopqoq bilan yopamiz va salqin joyga bir kechaga olib qo'yamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
160 gramm un
80 gramm sariyog'
2 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq qabartma
1 dona tuxum sarig'i
1-2 osh qoshiq muzdek suv
Tvorogli asosiga:
500 gramm tvorog
100 gramm smetana
3 ta tuxum sarig'i
200 gramm shakar
10 gramm vanil shakari
25 gramm bug'doy yormasi mannaya krupa
Bezesiga:
4 ta tuxum oqi
4 osh qoshiq shakar
oldingi
Tvorogli desert
keyingi
Qush tili

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.