Videoretsept: Limonli krem bilan bezatilgan sabzili pirog
Masalliqlar:
-
180 gramm qizil sabzi
-
200 gramm "Nashe maselko" o'simlik-moyli spredi
-
150 gramm shakar
-
0.5 choy qoshiq dolchin
-
1 ta limon yoki apelsin po'sti
-
10 gramm qabartma
-
250 gramm un
-
3 ta tuxum
-
80 gramm xohishga qarab har qanday yong'oq
-
Kremiga:
-
100 gramm smetana
-
150 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti
-
yarimta limon sharbati
-
bezatish uchun har xil yong'oqlar
Yo’nalishlar
Biz tayyorlagan bugungi pirog nihoyatda yumshoq, nafis va xushbo’y bo’lib pishadi. Shuningdek tarkibida qizil sabzi bo’lganligi uchun ham u yanada ajoyib rang va ko’rinish kasb etadi.
Agarda Siz hali sabzidan shirin pishiriqlar tayyorlamagan bo’lsangiz, unda tavsiya qilamiz! Bunda sabzining borligi umuman sezilmaydi ham.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 23 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
180 gramm qizil sabzi | |
200 gramm "Nashe maselko" o'simlik-moyli spredi | |
150 gramm shakar | |
0.5 choy qoshiq dolchin | |
1 ta limon yoki apelsin po'sti | |
10 gramm qabartma | |
250 gramm un | |
3 ta tuxum | |
80 gramm xohishga qarab har qanday yong'oq | |
Kremiga: |
|
100 gramm smetana | |
150 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti | |
yarimta limon sharbati | |
bezatish uchun har xil yong'oqlar |
Qizil sabzini qirg'ichning mayda tishchasidan chiqarib olamiz.
Kattaroq idishga tuxumlarni chaqib solamiz. Shakar solib, mikserda 1-2 daqiqa davomida ko'pirtirib olamiz.
Ustidan qirg'ichdan chiqarilgan sabzini solib, lopatka yordamida aralashtirib olamiz.
Sariyog'ni eritib, yuqoridagi masalliqlar ustidan quyamiz.
Aplesin yoki limon po'sti, dolchin, un va qabartmani ham tuxumli aralashma ustidan solamiz. Yong'oqlarni ham solib, oshxona lopatkasi yordamida aralashtirib olamiz.
Aylanasi 22-24 sm li qolipga yog' surtamiz va ichiga xamirni quyamiz.
180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgan pirog biroz soviganidan so'ng qolipidan ajratamiz. Pech panjarasi ustiga qo'yib, to'liq sovutamiz.
Kremini tayyorlaymiz:
Muzdek smetanani olib, idishga quyamiz va mikser yordamida yumshoq ko'pik hosil bo'lguniga qadar ko'pirtiramiz. So'ng quyultirilgan sutni ham qo'shib, 2-3 daqiqa davomida ko'pirtiramiz. Limon sharbatini ham siqib solamiz va yana 1-2 daqiqa davomida ko'pirtiramiz.
Sovigan pirog ustidan krem surtamiz va har xil yong'oqlar sepib bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
180 gramm qizil sabzi | |
200 gramm "Nashe maselko" o'simlik-moyli spredi | |
150 gramm shakar | |
0.5 choy qoshiq dolchin | |
1 ta limon yoki apelsin po'sti | |
10 gramm qabartma | |
250 gramm un | |
3 ta tuxum | |
80 gramm xohishga qarab har qanday yong'oq | |
Kremiga: |
|
100 gramm smetana | |
150 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti | |
yarimta limon sharbati | |
bezatish uchun har xil yong'oqlar |