fbpx
Videoretsept: lavash ichidagi burger

Videoretsept: lavash ichidagi burger

Masalliqlar:

  • Qayla uchun

Yo’nalishlar

Lavash bilan tayyorlanadigan burger — klassik burgerning foydaliroq turi. Bunday “dangasa” burgerlar juda tez va oson tayyorlanib, ta’mi haqiqiy burgerlardan qolishmaydi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Qayla uchun idishda ketchup, mayonez, xantal va mayda to’g’ralgan tuzlangan bodringni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pomidorni yupqa bo’laklarga, piyozni yarimhalqalarga kesamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Aysberg karamini qo’lda bo’laklarga yirtamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Lavash ustiga qiyma qo’yib, ustida tekkislaymiz, tuz va murch sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tovani qizdirib, biroz o’simlik yog’i surtib, qiyma tomoni bilan tovaga qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Lavashni 2-3 daqiqa davomida qiyma tomoni bilan qovurib, aylantiramiz va yana 1 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Lavashni tarelka yoki taxta ustiga olib, issiq go’sht ustiga 2 ta pishloq bo’lagini qo’yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pishloq ustiga aysberg karami, biroz piyoz va 2 ta pomidor dumaloqchasini qo’yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

1-2 choy qoshiq qayla quyib, lavashni 2 ga buklaymiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Videoretsept: tuxum va shprot baliqlik lavashdan tartaletkalar
keyingi
Videoretsept: «Fantaziya» salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.