Videoretsept: Kurka go’shtidan shnitsel
Masalliqlar:
-
1 o'ram "Kulinar"dan ishlab chiqarilgan kurka go'shtidan shnitsellar
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
Qaylasiga:
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
4-5 osh qoshiq zaytun moyi
-
bir nechta shoxcha petrushka yoki kashnich
-
yarimta limon sharbati
Yo’nalishlar
Kurka go’shti oddiy tovuq go’shtiga qaraganda bir necha marta mazaliroq ta’mda bo’lib, shuningdek u juda sersuv bo’lib pishadi. Shu sababdanmi, oxirgi vaqtlarda kurka go’shtidan taomlar tayyorlash ommalashib ketmoqda.
«Kulinar» ishlab chiqaruvchilari esa tez tayyorlaniladigan va albatta lazzatli kechki ovqat uchun kurkadan qilingan shnitsellarni savdoga chiqarishibdi.
Shuningdek bunday shnitsellar oldindan marinadlab qo’yilganligi sabab, juda tez pishadi.
Aytgancha «Kulinar» savdo belgisidan taqdim etilgan mahsulotlarga buyurtma berish ham mumkin bo’lib, ular qilgan buyurtmangizni uyingizgacha yetkazib beradilar. Shartlari va buyurtmani qanday rasmiylashtirish haqida bu yerda bilib olishingiz mumkin.
Masalliqlar:
1 o'ram "Kulinar"dan ishlab chiqarilgan kurka go'shtidan shnitsellar | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
Qaylasiga: |
|
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
4-5 osh qoshiq zaytun moyi | |
bir nechta shoxcha petrushka yoki kashnich | |
yarimta limon sharbati |
Shnitsellarni xona haroratida eritib olamiz va o'ramini ochamiz.
Tovaga o'simlik yog'i solib qizdirib olamiz.
Qizigan yog'da shnitsellarni har bir tarafini 2-3 daqiqadan qovurib olamiz.
Qovurilgan shnitsellarni bir necha qavat qog'oz sochiq ustiga terib chiqamiz. Shunda undagi ortiqcha yog'lardan xalos bo'lamiz.
Qayla
Sarimsoqpiyozni maydalab olamiz, ustidan limon sharbati, zaytun yog'i, yarim choy qoshiq tuz, murch va ozroq to'g'ralgan ko'katdan solib aralashtirib olamiz.
Pishgan shnitsellarni garnir va qayla bilan birga dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Instagramdagi rasmiy sahifasi: @kulinar.nishonbaxt
Facebookdagi rasmiy sahifasi: Кulinar
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
1 o'ram "Kulinar"dan ishlab chiqarilgan kurka go'shtidan shnitsellar | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
Qaylasiga: |
|
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
4-5 osh qoshiq zaytun moyi | |
bir nechta shoxcha petrushka yoki kashnich | |
yarimta limon sharbati |