fbpx
Videoretsept: Kefirda pishirilgan quymoqlar

Videoretsept: Kefirda pishirilgan quymoqlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kefirda pishirilgan quymoqlar nafaqat mazali, balki juda foydali ham hisoblanadi. Bunday pishiriq ajoyib nonushta yoki yengilgina kechki taom o’rnini bemalol bosa olishiga shubha yo’q.

Bugun sizlar bilan ana shunday ajoyib pishiriq tayyorlaymiz. Tayyor bo’lsangiz, unda boshladik!

Masalliqlar:

Portsiya:
550 millitr kefir
2 ta tuxum
350 gramm un
6 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
6 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 choy qoshiq iste'mol sodasi
500 millilitr qaynoq suv
Qadam 1
Tugallandi

Xona haroratidagi kefirga tuxum, tuz, shakar, o'simlik yog'i va un solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Mikser yoki oddiy ko'pirtirgichda silliq holatga kirgunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bir stakan qaynoq suvga iste'mol sodasini solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sodali suvni un ustidan solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Suyuq xamirga 15-20 daqiqa dam beramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Quymoqlarni qizdirilgan tovada pishirib olamiz, zaruriyatga qarab tovaga yog' surtamiz.

Quymoqlarni har xil murabbolar bilan bezaymiz va dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
550 millitr kefir
2 ta tuxum
350 gramm un
6 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
6 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 choy qoshiq iste'mol sodasi
500 millilitr qaynoq suv
oldingi
«Yurakcha» torti
keyingi
Qovoqdan pishirilgan yupqalar

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.