fbpx
Videoretsept: Kartoshka va pishloqli noodatiy pirog

Videoretsept: Kartoshka va pishloqli noodatiy pirog

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Asosiga

Yo’nalishlar

Gaz pechida pishirilgan kartoshkali pirog – pazandalarni befarq qoldirmaydigan, to’yimli pirog tayyorlash uchun ajoyib variant.

Bizning ushbu retseptimiz nafaqat mazali, balki bayram dasturxonini bezatib turadigan noodatiy ko’rinishga ega pirog tayyorlash uchun imkon yaratadi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
100 millilitr kefir
50 gramm sariyog'
100 gramm smetana
1 ta tuxum
400 gramm un
Asosiga
400-500 gramm qaynatilgan kartoshka
100 gramm bulg'or qalampiri
petrushka yoki kashnich shoxchalari
150 gramm pishloq
ta'bga ko'ra tuz va murch
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
ustiga sepish uchun mak urug'i
Qadam 1
Tugallandi

Idishda kefir, eritilgan sariyog' va smetanani aralshtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Un solib, xamir qoramiz. Xamirni 20 daqiqaga chetga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz. Qaynatilgan kartoshkani qirg'ichdan chiqaramiz. Tuz solib, aralashtirib pyure holatiga keltiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni 3 mm qalinlikda doira shaklida yoyib olamiz (hajmi kichikroq 2 ta pirog qilsa ham bo'ladi).
Pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga qo'yib, xamirning o'rtasidan turli yo'nalishlarda 8 ta chiziqlar kesib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirning kesilmagan tarafiga aylana qilib kartoshka pyuresini qo'yib chiqamiz. Ustidan mayda to'g'ralgan bulg'or qalampiri, petrushka shoxchalari va qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni qo'yib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pirog holatiga keltirib, ustiga tuxum sarig'ini suritib, mak urig'ini sepamiz. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

reklama huquqi ostida

  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
100 millilitr kefir
50 gramm sariyog'
100 gramm smetana
1 ta tuxum
400 gramm un
Asosiga
400-500 gramm qaynatilgan kartoshka
100 gramm bulg'or qalampiri
petrushka yoki kashnich shoxchalari
150 gramm pishloq
ta'bga ko'ra tuz va murch
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
ustiga sepish uchun mak urug'i
oldingi
Videoretsept: olma va yong’oqli asosli pechenye
keyingi
Bananli krambl

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.