Videoretsept: karamelli krem va marshmellouli desert
Masalliqlar:
-
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
60 gramm shakar upasi
-
70 gramm tvorogli pishloq
-
70 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
-
40 gramm Crafersdan marshmellou
-
80 gramm Crafersdan amerikancha pechenye
-
bezak uchun yalpiz (myata)
-
bezak uchun istalgan shokolad
Yo’nalishlar
Karamelli krem va marshmellouga ega ajoyib va noodatiy desert tayyorlashingizni maslahat beramiz. Ushbu shirinlikni tayyorlash juda juda oson bo’lib, uni tayyorlashda bolalarni jalb etib birgalikda fantaziya qilishingiz ham mumkin.
Agar vaqtingiz yetarli bo’lsa, desertni bir necha soatga muzlatgichga yuborsangiz a’lo darajada bo’ladi. Ammo agar vaqtingiz bo’lmasa, shundoqligicha iste’mol qilishingiz ham mumkin. Desert baribir mazali bo’lib qolaveradi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 22 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
60 gramm shakar upasi | |
70 gramm tvorogli pishloq | |
70 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut | |
40 gramm Crafersdan marshmellou | |
80 gramm Crafersdan amerikancha pechenye | |
bezak uchun yalpiz (myata) | |
bezak uchun istalgan shokolad |
Sovuq qaymoqni shakar upasi bilan qattiq pik holatiga kelgunicha yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Tvorogli pishloqni solib, yaxshilab ko'pirtiramiz.
Ustidan qaynatilgan quyultirilgan sutni solib, aralashtiramiz.
Pechenyeni katta bo'lmagan bo'laklarga bo'lib olamiz.
Desertni tortish uchun bokallarga qavat-qavat qilib, barcha mahsulotlarni solamiz
-krem
-pechenye
-marshmellou
Shu tarzada idish to'lgunicha davom etamiz. Eng oxirgi qavati krem bo'lishi kerak.
Qirg'ichdan chiqarilgan shokolad, pechenye va yalpiz bilan bezak beramiz.
Muzlatgichga 1-2 soatga olib qo'yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Reklama huquqi asosida
Instagramdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Facebookdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Rasmiy sayt: http://www.crafers.uz/
Rasmiy telegram kanali: crafersuz
Masalliqlar:
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
60 gramm shakar upasi | |
70 gramm tvorogli pishloq | |
70 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut | |
40 gramm Crafersdan marshmellou | |
80 gramm Crafersdan amerikancha pechenye | |
bezak uchun yalpiz (myata) | |
bezak uchun istalgan shokolad |