Videoretsept: «Kamdi-cha» koreys salati
Masalliqlar:
-
4 ta kartoshka
-
1 ta piyoz
-
1 ta bulg'or qalampiri
-
1 bog' kashnich
-
2 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
-
0,5 choy qoshiq zanjabil
-
1 choy qoshiq achchiq qalampir
-
40 millilitr o'simlik yog'i
-
Bezak uchun
-
30 millilitr soya qaylasi
-
5 gramm kunjut
Yo’nalishlar
«Kamdi-cha» — alohida yoki garnir sifatida iste’mol qilish mumkin bo’lgan kartoshkadan mashhur Koreya salati. Bu ajoyib salat ham har kungi ham bayram dasturxonining bezagi bo’la oladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
4 ta kartoshka | |
1 ta piyoz | |
1 ta bulg'or qalampiri | |
1 bog' kashnich | |
2 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
0,5 choy qoshiq zanjabil | |
1 choy qoshiq achchiq qalampir | |
40 millilitr o'simlik yog'i | |
Bezak uchun |
|
30 millilitr soya qaylasi | |
5 gramm kunjut |
Kartoshkani yuvib tozalaymiz. Koreys sabzisi uchun qirg’ichdan chiqaramiz yoki pichoq bilan somoncha shaklida 2-3 mm qalinlikda kesamiz.
Kartoshkani yaxshilab bir necha marta yuvamiz, kraxmalini kamaytirish uchun.
Qaynayotgan tuzli suvga to’g’ralgan kartoshkani 2-3 daqiqaga solamiz. Kartoshka yumshab qolmasligi va qarsildoqligini yo’qotmasligi kerak.
Kartoshka somonchalarini durshlakga olib, sovuq suvda yuvamiz.
Piyozni tozalab, yarim halqa shaklida to’g’raymiz.
Bulg’or qalampirini ingichka somoncha shaklida to’g’raymiz.
Kashnichni maydalaymiz.
O’rtacha olovda o’simlik yog’ida piyozni 2-3 daqiqa davomida qovuramiz, bulg’r qalampiri va ziravorlarni qo’shamiz.
Yaxshilab aralashtiramiz va yana 3 daqiqa davomida qovuramiz.
Tovani olovdan olib, yuvilgan kartoshka va maydalangan kashnich qo’shamiz va yaxshilab aralashtiramiz.
Masalliqlar:
4 ta kartoshka | |
1 ta piyoz | |
1 ta bulg'or qalampiri | |
1 bog' kashnich | |
2 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
0,5 choy qoshiq zanjabil | |
1 choy qoshiq achchiq qalampir | |
40 millilitr o'simlik yog'i | |
Bezak uchun |
|
30 millilitr soya qaylasi | |
5 gramm kunjut |