Videoretsept: julyen somsa
Masalliqlar:
-
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri
-
50 gramm kunjut
-
1 ta tuxum
-
Nachinka uchun
-
250 gramm tovuq filesi
-
1 ta piyoz
-
300 gramm shampinyon
-
1 choy qoshiq tuz
-
0,5 choy qoshiq qora murch
-
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
50 millilitr suv
-
250 gramm motsarella pishlog'i
-
Bezak uchun
-
8 dona pomidor cherry
-
petrushka shoxchalari
Yo’nalishlar
Julyen somsa tayyorlashning tekshirilgan usulini sizga taqdim etamiz. Ishtahaochar iforlar va qarsillagan xamirning qaymoqli nachinka bilan uyg’unligi barchani bir ko’rinishda o’ziga jalb qiladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 75 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri | |
50 gramm kunjut | |
1 ta tuxum | |
Nachinka uchun |
|
250 gramm tovuq filesi | |
1 ta piyoz | |
300 gramm shampinyon | |
1 choy qoshiq tuz | |
0,5 choy qoshiq qora murch | |
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
50 millilitr suv | |
250 gramm motsarella pishlog'i | |
Bezak uchun |
|
8 dona pomidor cherry | |
petrushka shoxchalari |
Qolip tayyorlaymiz
Plastik yoki qog’ozli stakanni, videoda ko’rsatilgan kabi, folga bilan o’raymiz. Stakanni hosil bo’lgan qolipdan chiqarmaymiz.
Savatcha tayyorlaymiz
Qatlama xamirni yupqa qilib yoyamiz va lentlarga kesib chiqamiz. Bu somsa uchun biz «Mali» xamirturushsiz qatlama xamirini ishlatdik.
Har bir lentani folgadan qolip atrofida o’rab, tajine chimchilab yopishtiramiz.
Savatchalarni chetiga tuxum surtib, kunjutga solamiz.
Qolipli savatchalarni pergament qog’ozi solingan patnisga teramiz. Stakanlarni chiqarib, folgadan qoliplarni qoldiramiz. 180C gacha qizdirilgan pechga 20-30 daqiqaga qo’yamiz.
Tayyor savatchalarni folgasini chiqarib sovutamiz.
Shampinyon va piyozni mayda to’g’raymiz.
Tovuq filesini mayda kübik shaklida to’g’raymiz.
O’rtacha olovda piyozni qizartirib qovuramiz.
Tovuq filesini qo’shib, o’rtacha olovda 5-7 daqiqa davomida dimlaymiz.
Shampinyon qo’shib, yana 5-7 daqiqa davomida dimlaymiz.
Qaymoq, tuz, murch qo’shib yaxshilab aralashtiramiz. Suv quyib, 5-10 daqiqa davomida qopqoq ostida dimlaymiz.
Motsarella pishlog’ini qirg’ichdan chiqaramiz.
Nachinkani savatchalarga solib, ustiga qirg’ichdan chiqarilgan pishloqni sepamiz.
Savatchalarni 180C gacha qizdirilgan pechga 10-15 daqiqaga qo’yamiz.
Masalliqlar:
500 gramm tayyor xamirturushsiz qatlama xamiri | |
50 gramm kunjut | |
1 ta tuxum | |
Nachinka uchun |
|
250 gramm tovuq filesi | |
1 ta piyoz | |
300 gramm shampinyon | |
1 choy qoshiq tuz | |
0,5 choy qoshiq qora murch | |
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
50 millilitr suv | |
250 gramm motsarella pishlog'i | |
Bezak uchun |
|
8 dona pomidor cherry | |
petrushka shoxchalari |