Videoretsept: Juda yumshoq asalli tort (Medovik)
Masalliqlar:
-
Korjiga:
-
100 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
-
400 gramm un
-
200 gramm shakar
-
2 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
3 osh qoshiq asal
-
2 ta tuxum
-
Kremiga:
-
200 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
-
400 gramm smetana
-
350 gramm Maselkodan "Lakomka" quyultirilgan qaynatilgan suti
Yo’nalishlar
Yumshoq, smetana ta’miga boy va og’izda erib ketuvchi asalli tortni yoqtirmaydigan insonlar oramizda bo’lmasa kerak!
Bu retseptga tayanib Siz yangi yil dasturxoniga eng mazali tortlardan birini tayyorlashingiz mumkin. Tayyorlash jarayoni esa juda oson bo’lib, hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi degan umiddamiz.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
Korjiga: |
|
100 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i | |
400 gramm un | |
200 gramm shakar | |
2 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
3 osh qoshiq asal | |
2 ta tuxum | |
Kremiga: |
|
200 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i | |
400 gramm smetana | |
350 gramm Maselkodan "Lakomka" quyultirilgan qaynatilgan suti |
Korjini tayyorlab olamiz
Tog'orachaga ikkita tuxumni chaqib solamiz. Ustidan shakarning yarmini sepib, mikser yordamida quyuq ko'pik hosil bo'lguniga qadar yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Qozonchaga esa qolgan shakarning yarmi va yog'ni solamiz. Gazga qo'yib, shakar to'liq eriguniga qadar aralashtirib turamiz.
Shakar eriganidan so'ng asalni solamiz va ko'pirguniga qadar aralashtirib turamiz. Ustidan iste'mol sodasini ham solamiz. Bunda siz massaning hajmi oshib ketishiga guvoh bo'lasiz. Shunda darhol gazdan olamiz.
5-7 daqiqadan keyin, ya'ni aralashma biroz sovigach, tuxumli aralashmani ingichka qiliob quyib chiqamiz.
Qozonchani yana gazga qo'yamiz. Aralashtirib, unning ⅓ qismini sepamiz. So'ng qolgan unning yarmini solib, aralashtiramiz va gazdan olamiz.
Xamirni teng 10 ta bo'lakka bo'lamiz. Iloji bo'lsa bunda oshxona tarozisidan foydalanganingiz ma'qul.
5 daqiqa soviganidan so'ng qolgan unni ham solamiz va aralashtirib olamiz. Xamirimiz yumshoq va qo'lga yopishuvchan bo'lishi odatiy hol, shu sababdan boshqa un qo'shmang.
Ikkita pergament qog'oz o'rtasiga xamir bo'laklarini bittadan qo'yib, 20-21 sm aylanada yoyib chiqamiz. Sanchiqda bir nechta joyini teshib chiqamiz.
180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 6 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgan korjlarni issiqligida aylanasi 18 sm li qolip bilan kesib chiqamiz. Chetidan chiqqan ortiqchalarini esa maydalab olamiz va chetga olib qo'yamiz.
Kremini tayyorlab olamiz
Xona haroratidagi yog'ni mikser yordamida yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Qaynatilgan quyultirilgan sutni solib, 2 daqiqa davomida ko'pirtiramiz.
So'ng esa smetanani solib, yana 1-2 daqiqa davomida ko'pirtirib olamiz. Kremimiz ham tayyor.
Korjlarga krem surtib chiqamiz va ustma-ust yig'ib chiqamiz. Usti va chetlariga maydalangan korjdan sepib chiqamiz.
So'ng esa 8-10 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Ustini xohishga qarab bezatishingiz mumkin.
Bizlar tortning ustiga trafaret qo'yib, ustidan shakar upasi sepdik.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
Korjiga: |
|
100 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i | |
400 gramm un | |
200 gramm shakar | |
2 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
3 osh qoshiq asal | |
2 ta tuxum | |
Kremiga: |
|
200 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i | |
400 gramm smetana | |
350 gramm Maselkodan "Lakomka" quyultirilgan qaynatilgan suti |
1 Sharhlar Hide Comments
Assalamu alekum. savollarim bor edi, bu kichik portsaga moljal qlingan. Agar kattaroq portsada yani ikki baravar katta qilmohchi bolsak, masalliqlar olchamini hammasini ikki barobar kop olamizmi, yoki bazilari shunday qoladimi.
Varyonkani orniga sgushonka solsa boladimi.