fbpx
Videoretsept: Italyancha qulupnayli pirog

Videoretsept: Italyancha qulupnayli pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu oddiy va shu bilan birga ajoyib vanil, dolchin va qulupnay ta’mlarini o’zida mujassamlashtirgan pirog juda tez va oson tayyorlaniladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

300 gramm un
120 gramm margarin yoki sariyog'
100 gramm shakar
2 ta tuxum
3 osh qoshiq sut
2 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq dolchin
10 dona qulupnay
ustiga sepish uchun shakar upasi
birga tortish uchun ko'pirtirilgan qaymoq
Qadam 1
Tugallandi

Xona haroratida yumshagan sariyog'ni shakar bilan birga yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ng xona haroratidagi sut va tuxumlarni solib, ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Unga tuz, dolchin, vanil shakari va qabartmani solamiz, elab, tuxumli aralashma ustidan solamiz va oshxona lopatkasi yordamida ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qolipga yog' surtamiz va xamirni quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pirog ustini tekislab, ikkiga bo'linga qulupnaylarni kesilgan tomonini pastga qaratib terib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishganligini esa gugurt cho'pi yordamida tekshirib ko'ramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pirog iliqligida shakar upasi sepib, ko'pirtirilgan qaymoq bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm un
120 gramm margarin yoki sariyog'
100 gramm shakar
2 ta tuxum
3 osh qoshiq sut
2 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq dolchin
10 dona qulupnay
ustiga sepish uchun shakar upasi
birga tortish uchun ko'pirtirilgan qaymoq
oldingi
Sitrusli choy
keyingi
Go’sht va sabzavotlar bilan tayyorlangan lavashli rulet

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.