fbpx
Videoretsept: glyutensiz krekerlar

Videoretsept: glyutensiz krekerlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Krekerlar yupqa va qarsildoq  boʻlib pishadi, bodom unidan tayyorlaniladigani sabab ham umuman  semirtirmaydi.

Bunday krekerlarni qanday tayyorlanishi esa videoretseptda batafsil koʻrsatib oʻtilgan.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

190 gramm bodom uni
1 choy qoshiq tuz
0.5 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
2 osh qoshiq zaytun moyi
3 osh qoshiq muzdek suv
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 180 C darajaga yoqib qoʻyamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kattaroq idishga bodom uni, tuz, murch, sarimsoqpiyoz kukuni va parmezan pishlogʻini solib aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan zaytun yogʻini solamiz va sanchiqda aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Soʻng muzdek suvni solib, xamir qorib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qorilgan xamirni ikkita pergament qogʻoz oʻrtasiga qoʻyib, 3-5 mm qalinlikda yoyib olamiz. Pergament qiz boʻlmasa, xamir yopishib qoladi.

Qadam 6
Tugallandi

Yoyilgan xamirni xohlagan qolipchalar bilan kesib olamiz va pergament qogʻoz toʻshalgan gaz opechi patnisiga terib chiqiladi. Agarda krekerlar sinib ketsa, unda ularni bir necha daqiqa muzlatgichga solib oling.

Qadam 7
Tugallandi

Soʻng krekerlarni gaz pechida 7-10 daqiqa bir tarafini, soʻng ularni agʻdarib ikkinchi tomonini ham xuddi shuncha vaqtda pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pishgan krekerlarni sovutib, soʻng isteʼmol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

190 gramm bodom uni
1 choy qoshiq tuz
0.5 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
2 osh qoshiq zaytun moyi
3 osh qoshiq muzdek suv
oldingi
Shokolad – sariyog’li krem
keyingi
Karam va pomidirli salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.