Videoretsept: gaz pechida pishirilgan qatlama
Masalliqlar:
-
500 gramm un
-
280 gramm iliq suv
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq tuz
-
150 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
-
ustiga suritish uchun tuxum
-
ustiga sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Gaz pechida pishirilgan non, to’g’rirog’i – qatlama pishirishingizni maslahat beramiz. Agar siz qovurilgan qatlama retsepti bilan tanish bo’lsangiz, unda qatlamalarni gaz pechida pishirib ko’rishingizni maslahat beramiz.
Uyda pishirilgan bunday qarsildoq qatlama – do’kon nonini o’rnini bosishi aniq.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 8 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm un | |
280 gramm iliq suv | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq tuz | |
150 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
ustiga suritish uchun tuxum | |
ustiga sepish uchun kunjut |
Unni qabartma va tuz bilan elakdan o'tkazamiz. Suv solib, xamir qoramiz.
Xamir ustiga sochiq yoki yopishqoq plyonka yopib, xona haroratida 15-20 daqiqa tindirib qo'yamiz.
Xamirni 2-3 mm qalinlikda yoyib, ustiga eritilgan margarin suritamiz.
Xamirni rulet shaklida o'rab, tahminan 200 gramm keladigan bo'laklarga bo'lamiz. Bo'laklarni ustidan ezib, likopchaga joylashtiramiz va 20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Muzlatgichdan olib, bo'laklarni 0,5 santimetr qalinlikda yoyamiz.
Gaz pechi patnisiga qo'yib, ustiga tuxum suritamiz va kunjut sepamiz.
180-190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
500 gramm un | |
280 gramm iliq suv | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq tuz | |
150 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
ustiga suritish uchun tuxum | |
ustiga sepish uchun kunjut |