Videoretsept: gaz pechida pishirilgan go’shtli belyashilar
Masalliqlar:
-
xamiriga
-
500 gramm un
-
1,5 choy qoshiq quruq xamirturush
-
200 millilitr kefir
-
100 millilitr o'simlik yog'i
-
1 ta tuxum
-
1 osh qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq shakar
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
-
asosiga
-
400 gramm lahm mol go'shti
-
200 gramm piyoz
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
istalgan ko'katlar
Yo’nalishlar
An’anaga ko’ra belyashilar tovada qovuriladi, lekin biz sizga ta’mi undan qolishmaydigan gaz pechida pishiriladigan belyashilar retseptini taqdim etmoqchimiz.
Xamiri yumshoq va juda mazali, asosi esa sersuv va xushbo’y bo’lib pishadi. Taomni mazasiga tan berishingiz uchun uni bir marotaba tayyorlab ko’rishingizning o’zi kifoya.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 38 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
500 gramm un | |
1,5 choy qoshiq quruq xamirturush | |
200 millilitr kefir | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
1 ta tuxum | |
1 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq shakar | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut | |
asosiga |
|
400 gramm lahm mol go'shti | |
200 gramm piyoz | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
istalgan ko'katlar |
Kefirni o'simlik yog'i bilan aralashtirib, iligunicha ozroq isitamiz. Tuz, shakar va tuxum solib, yaxshilab aralashtiramiz.
Ushbu aralashmaga xamirturush qo'shib, aralashtiramiz va oz-ozdan un qo'shib, xamir qoramiz.
Xamir ustini yopishqoq plyonka yoki sochiq bilan yopib, issiq joyga tahminan 1 soatga xamir 2-3 martaga kattalashgunicha yuboramiz.
Asosini tayyorlaymiz:
Lahm go'sht va piyozni go'shtmaydalagichdan o'tkazamiz. Tuz, murch va ko'katlar (hoxushga ko'ra) solib, aralashtiramiz.
Oshgan xamirni 15-16 ta bo'laklarga bo'lamiz.
Har bir bo'lakni qo'l yoki jo'va yordamida non shakliga keltirib, yoyamiz.
Xamir o'rtasiga asosini solib, yonlarini qopchaga o'xshatib, yig'ib, o'rtasini ochiq qoldiramiz.
Belyashilarni gaz pechi patnisiga qo'yib, ustiga tuxum sarig'ini suritamiz.
180 C darajada 30 daqiqa pishiramiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida
Masalliqlar:
xamiriga |
|
500 gramm un | |
1,5 choy qoshiq quruq xamirturush | |
200 millilitr kefir | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
1 ta tuxum | |
1 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq shakar | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut | |
asosiga |
|
400 gramm lahm mol go'shti | |
200 gramm piyoz | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
istalgan ko'katlar |