fbpx
Videoretsept:  «Filadelfiya» pishlog’ini uyda tayyorlash usuli

Videoretsept: «Filadelfiya» pishlog’ini uyda tayyorlash usuli

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tvorogli pishloqni uy sharoitida tayyorlashning oson usuli. Natijada mayin, haqiqiy «Filadelfiya» pishlog’iga o’xshash, kremsimon pishloq hosil bo’ladi. Uni ham beterbrodlar, ham kremlar, ham chizkeyklar, ham taomlar uchun ishlatish mumkin. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm 20% yog'li smetana
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq limon sharbati
Qadam 1
Tugallandi

Smetanaga tuz va limon sharbatini qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Elak ustiga dokani 2 qavat qilib qo’yamiz. Ustiga smetana aralashmasini quyamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustini likopcha bilan berkitib, ustiga press bosib, zardobi ajralishi uchun sovutgichga 4-6 soatga qo’yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Uyda tayyorlangan «Filadelfiya» pishlog’i ham shirinliklar, ham taomlar uchun to’g’ri keladi.

Yoqimli ishtaha!

  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm 20% yog'li smetana
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq limon sharbati
oldingi
Batafsil fotoretsept: «Maritotso» italyancha bulochkalari
keyingi
Videoretsept: yaponcha pankeyk

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.