fbpx
Marinadlangan rediska

Marinadlangan rediska

Masalliqlar:

  • Marinadiga

Yo’nalishlar

Bozor rastalarida g’arq pishgan, hozir ayni mavsumi hisoblanadigan foydali sabzavotlardan biri rediskadir.

Rediskadan bir xil salatlar ba’zan me’daga tegib qolsa, unda ularni marinadlash ham mumkin. Bunday usulda marinadlangan rediskalar har qanday taomga mazali qo’shimcha bo’lishi shubhasizdir.

Quyidagi retseptda masalliqlar ikkita 0,5 litrli bankalarga mo’ljallangan.

Tayyorlaniladigan salatga taxminan 7 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

3 bog' rediska
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' shivit
1 bog' petrushka
Marinadiga
3-4 ta qora murch donachalari
2 ta lavr yaprog'i
300-350 millilitr toza ichimlik suvi
1.5 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq 9% li sirka
Qadam 1
Tugllandi

Rediska va ko'katlarni yaxshilab yuvib olamiz.

Rediskani yupqa parrak qilib, ko'katlarni esa mayda qilib to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Sterillangan bankaga barcha masalliqlarni solamiz, sarimsoq piyoz tishchasini to'rtga bo'lib, solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Qozonga suvni quyamiz. Murch, tuz, shakar va lavr yaprog'ini solamiz. Gazga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

1-2 daqiqa qaynatamiz, so'ng sirkani quyib, qaynatmani bankadagi rediskalar ustidan quyamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Bankalarni qopqog'ini yopib, ag'darib qo'yamiz. So'ng sovutamiz.

Rediskalarni ikki kundan so'ng iste'mol qilish mumkin.

Tortishdan oldin zaytun yog'i sepib dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 bog' rediska
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' shivit
1 bog' petrushka
Marinadiga
3-4 ta qora murch donachalari
2 ta lavr yaprog'i
300-350 millilitr toza ichimlik suvi
1.5 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq 9% li sirka
oldingi
Kefir va ziravorlar bilan pishirilgan tovuq go’shti
keyingi
Videoretsept: Tayyor xamirdan pishirilgan piyozli qatlama

Fikringiz