fbpx
  • Asosiy
  • Pishiriqlar
  • Videoretsept: dudlangan go’sht va kartoshka solib pishirilgan pirog
Videoretsept: dudlangan go’sht va kartoshka solib pishirilgan pirog

Videoretsept: dudlangan go’sht va kartoshka solib pishirilgan pirog

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Dudlangan go’sht va kartoshkalar asos sifatida solinadigan, oshirma xamirdan tayyorlaniladigan bugungi pirogimiz siz uchun yangilik bo’lsa ajab emas.

Pirogning xamiri juda yumshoq chiqib, tishlasangiz xuddi og’zingizda erib ketadigandek.

Tayyorlaniladigan pirogga taxminan 27 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
7 gramm quruq xamirturush
2 choy qoshiq shakar
120-150 millilitr iliq suv
350 gramm un
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq zaytun moyi
1 dona tuxum sarig'i
Asosiga:
500 gramm qaynatilgan kartoshka
400 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
400 gramm smetana
2 osh qoshiq xantal
175 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
1 bog' ko'k piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Piyolaga xamirturush, shakar va iliq suvni solamiz.

Xamirturush faollashishi uchun aralashtirib, biroz chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tog'orachaga unni elab solamiz. Tuz, zaytun yog'i va oparani solamiz.

Aralashtirib, yumshoq xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Stol ustiga un sepib, xamirni 10-15 daqiqa yaxshilab mushtlaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tog'orachaga solib ustini sochiq blan yopamiz va 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Dudlangan go'sht va qaynatilgan kartoshkani to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Smetana, xantal va qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni aralashtiramiz, tuz va murch sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Oshgan xamirni ikkiga bo'lamiz, biri ikkinchisidan sal kattaroq bo'lsin.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirning katta bo'lagini olib, aylanasi 25 sm kattalikda yoyamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirni pergament qog'oz solingan patnisga olamiz. Chetidan 2-3 sm joy qoldirib, o'rtasiga qaynatilgan kartoshkani terib chiqamiz. Kartoshkalarni ustidan smetanali aralashmani yarmini surtamiz. Ustidan to'g'ralgan ko'k piyozni sepamiz. So'ng ustidan to'g'ralgan go'shtni teramiz. Oxirida smetanali aralashmani surtamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ikkinchi xamirni ham olib, aylanasi 25 sm dan biroz kichikroq yoyamiz. Pirog ustini yopib, chetlarini birlashtiramiz. Ochilib ketmasligi uchun sanchiq bilan bosib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Ustiga tuxum sarig'ini surtib, sedana urug'laridan sepamiz. Bir-ikkta joyini sanchiq bilan teshsak, ortiqcha bug'i chiqib ketadi.

Qadam 12
Tugallandi

180 c darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soat davomida pishirib olamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
7 gramm quruq xamirturush
2 choy qoshiq shakar
120-150 millilitr iliq suv
350 gramm un
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq zaytun moyi
1 dona tuxum sarig'i
Asosiga:
500 gramm qaynatilgan kartoshka
400 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
400 gramm smetana
2 osh qoshiq xantal
175 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
1 bog' ko'k piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Uy sharoitida tayyorlaniladigan Filodelfiya pishlog’i
keyingi
Batafsil fotoretsept: «Snikers» torti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.