fbpx
Videoretsept: dolchin va shokoladli bulochkalar

Videoretsept: dolchin va shokoladli bulochkalar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Glazur uchun

Yo’nalishlar

Bulochka pishirish – bu har doim yaxshi fikr. Ularning yaxshi tomoni shundaki, ichini har safar har-xil narsa bilan to’ldirish mumkin. 

Bu safar siz bilan juda mazzali va yumshoq – qora shokolad bilan qoplangan dolchin va shokoladli bulochkalar pishiramiz. Nonushta yoki  tushlikdan keyingi choy bilan ichish uchun a’lo tanlov. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
180 millilitr iliq sut
9 gramm quruq xamirturush
2 ta tuxum
75 gramm eritilgan sariyog'
80 gramm shakar upasi
420 gramm un
30 gramm kakao kukuni
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
0,5 choy qoshiq tuz
Nachinka uchun
90 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm jigarrang shakar
20 gramm kakao kukuni
2 choy qoshiq maydalangan dolchin
100 gramm qora shokolad
Glazur uchun
90 gramm qora shokolad
120 millilitr sut
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Iliq sutga quruq xamirturush qo’shib, xamirturush ishga tushishi va ko’tarilishi uchun 10-15 daqiqa davomida tindiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sovugan eritilgan sariyog’ va tuxum qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Suyuq masalliqlarga kakao kukuni, shakar upasi, dolchin, tuz va 400 gramm un solib yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir biroz yumshoq, qo’lga yopishadigan bo’ladi. Xamirli idishni yopishqoq plyonka bilan berkitib 1-2 soatga iliq joyga qo’yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

Idishda yumshatilgan sariyog’, kakao kukuni, shakar va dolchinni pastasimon xolatgacha aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Shokoladni maydalab, chetga olib qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Glazur tayyorlaymiz

Sutni qaynatamiz. Shokoladni mayda bo'laklarga bo'lib, ustiga sut quyamiz. Shokolad erigunga qadar aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Oshgan xamirga qolgan 20 gramm unni qo’shib bo’girsoq yasaymiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirni 5-6 mm qalinlikda yoyamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Yoyilgan xamir ustiga sariyog’lik massani surtamiz, ustiga maydalangan shokoladni terib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Xamirni rulet qilib o’raymiz.

Qadam 12
Tugallandi

5 sm lik bo’laklarga kesamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Kesilgan bo’laklarni, orasida masofa qoldirib, qolipga solamiz. Xamir yana ko’tarilishi uchun 15-20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 14
Tugallandi

Ko’tarilgan bulochkalarni 180C darajagacha qizdirilgan pechga 20-25 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 15
Tugallandi

Tayyor bulochkalarni pechdan chiqarib, shokoladli glazur bilan qoplaymiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2,5 soat
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
180 millilitr iliq sut
9 gramm quruq xamirturush
2 ta tuxum
75 gramm eritilgan sariyog'
80 gramm shakar upasi
420 gramm un
30 gramm kakao kukuni
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
0,5 choy qoshiq tuz
Nachinka uchun
90 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm jigarrang shakar
20 gramm kakao kukuni
2 choy qoshiq maydalangan dolchin
100 gramm qora shokolad
Glazur uchun
90 gramm qora shokolad
120 millilitr sut
oldingi
Videoretsept: klassik neapolitan pitsasi
keyingi
Videoretsept: gulkaramdan steyk

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.