Videoretsept: chumoli uyi «muraveynik» pishirig’i
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
200 gramm "365 Kun" margarini
-
25 gramm shakar upasi
-
2 ta tuxum
-
400 gramm "365 Kun" uni
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
Krem uchun
-
380 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
-
50 gramm "365 Kun" margarini
-
Bezak uchun
-
20 gramm maydalangan yong'oq
Yo’nalishlar
Chumoli uyi «muraveynik» pishirig’i maydalangan xamir va qaynatilgan quyultirilgan sutli kremdan tayyorlanadi.
Bu shirinlik tashqi ko’rinishi chumoli uyiga o’xshab, nomi ham bundan kelib chiqadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
200 gramm "365 Kun" margarini | |
25 gramm shakar upasi | |
2 ta tuxum | |
400 gramm "365 Kun" uni | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
Krem uchun |
|
380 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut | |
50 gramm "365 Kun" margarini | |
Bezak uchun |
|
20 gramm maydalangan yong'oq |
Xamir tayyorlaymiz
Yumshatilgan margarinni shakar upasi bilan mikser yordamida ko’pirtiramiz.
Tuxum qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz.
Suyuq massaga un va qabartma qo’shamiz. Yumshoq xamir qorib, muzlatgichga 1 soatga qo’yamiz.
Muzlatilgan xamirni 4ta qismga bo’lib, katta tishli qirg’ichdan o’tkazamiz.
Pergament qog’oz solingan patnis ustiga xamirni tekislab solamiz va 200C darajagacha qizdirilgan pechga 20 daqiqaga qo’yamiz.
Krem tayyorlaymiz
Qaynatilgan quyultirilgan sutni idishga solib, 40 soniyaga mikroto’lqinli pechga qo’yamiz.
Margarinni ham mikroto’lqinli pechda eritib, quyultirilgan sutga qo’shamiz va aralashtiramiz.
Tayyor sovugan pechenye bilan kremni aralashtiramiz.
Sovuq suvda namlangan qolipga hosil bo’lgan massani solib, qoshiqda ezamiz.
Qolip sifatida kichkina stakan yoki ryumkadan foydalanish mumkin.
Qolipni aylantirib, tayyor «muraveynik»ni pergamentga tushiramiz.
Maslahat: «muraveynik»lar polipdan oson chiqishi uchun, massani solishdan oldin, qolip ichini suvlash kerak.
Ustini maydalangan yong’oq bilan bezatib, sovutgichga 2-3 soatga qo’yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o'zbek tilida): t.me/korzinka_uzb
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
200 gramm "365 Kun" margarini | |
25 gramm shakar upasi | |
2 ta tuxum | |
400 gramm "365 Kun" uni | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
Krem uchun |
|
380 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut | |
50 gramm "365 Kun" margarini | |
Bezak uchun |
|
20 gramm maydalangan yong'oq |