Videoretsept: Cheburek
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
500 gramm un
-
250 millilitr iliq suv
-
20 millilitr o'simlik yog'i
-
1 osh qoshiq 9% li sirka
-
0.5 choy qoshiq tuz
-
Asosiga:
-
300 gramm mol go'shtidan qiyma
-
1 bosh piyoz
-
30 millilitr muzdek suv
-
50 millilitr smetana
-
0.5 choy qoshiq zira
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Qarsildoq, yupqa xamirdan pishirilgan chebureklar – ko’pchiligimizning jon-u dilimizdir. Bizning usulda tayyorlangan chebureklar yorqin rangli bo’lib, ichidagi asos juda sersuv chiqadi.
Bo’sh vaqt topganingizda bunday mazali yegulikdan albatta tayyorlab ko’ring, chunki bizning retsept bilan albatta ko’nglingizdagidek natijaga erishasiz.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
500 gramm un | |
250 millilitr iliq suv | |
20 millilitr o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
Asosiga: |
|
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
1 bosh piyoz | |
30 millilitr muzdek suv | |
50 millilitr smetana | |
0.5 choy qoshiq zira | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Iliq suvga tuz solib aralashtiramiz.
Idishga unni solamiz, ustidan tuzli suv va bir qoshiq sirka solib 5-7 daqiqa davomida yaxshilab aralashtiramiz.
Qo'lga yopishmaydigan, o'rtacha xamir qoramiz.
Xamirni dumaloq shaklga keltirib ustidan o'simlik yog'i surtamiz. Bu xamirni yumshatadi va yoyishni yengillashtiradi.
Xamirga yog' surtgandan so'ng ustini sochiq bilan yopamiz va yarim soatga tindirib qo'yamiz.
Xamir tinguniga qadar asosini tayyorlab olamiz.
Piyozni archamiz va blenderda ezamiz yoki juda yupqa qilib to'g'raymiz.
Idishga qiyma, piyoz, ustidan smetana va muzdek suvni solamiz. Ziravorlardan sepib, yaxshilab aralashtiramiz va sovutgichga qo'yib turamiz.
Xamirni olib 10-12 ta bo'lakchalarga bo'lamiz. Hammasini aylana shaklda yupqa yoyib chiqamiz.
Teng yarmiga qiyma solamiz va buklab chetlarini yopishtirib chiqamiz. Ochilib ketmasligi uchun sanchqi bilan xamir chetlarini bosib chiqing.
Tovaga ko'proq yog' solamiz, taxminan teng yarmigacha.
Yaxshilab qizdirilgan yog'da chebureklarni ikki tomonidan qovurib olamiz
Issiqligida dasturxonga tortamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
500 gramm un | |
250 millilitr iliq suv | |
20 millilitr o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
Asosiga: |
|
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
1 bosh piyoz | |
30 millilitr muzdek suv | |
50 millilitr smetana | |
0.5 choy qoshiq zira | |
ta'bga qarab tuz va murch |
3 Sharhlar Hide Comments
Yoqdi menga judayam mazali chiqarkan
Assalomu aleykum Guli! Sizga yoqqanidan juda xursandmiz?
Xa judayam mazzali ekan