fbpx
Videoretsept: chak-chak

Videoretsept: chak-chak

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Qiyom uchun

  • Qovurish uchun

Yo’nalishlar

Chak-chak — qiyom va qovurilgan kichkina xamir bo’lakchalaridan iborat shirinlik. Bu sharq oshxonasining eng mashxur va sevimli pishiriqlaridan biri, barcha milliy bayramlarda dasturxon bezagi hisoblanadi. Bu usulda tayyorlangan chak-chak sizni hayratda qoldiradi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
5 ta tuxum
450 gramm un
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
0,5 choy qoshiq tuz
Qiyom uchun
250 millilitr «Blanc Bleu» gazlanmagan mineral suvi
600 gramm shakar
yarimta limon sharbati
Qovurish uchun
1 litr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Idishda tuxum, soda, tuzni birlashtirib, mikser yordamida ko’pik paydo bo’lguncha ko’pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Elangan un qo’shib yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz. Plyonka bilan berkitib, 30 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni 4 ga bo’lib, har-birini yupqa yoyib, 2-3 santimetr kenglikdagi bo’lakchalarga bo’lamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Barcha xamirni mayda somoncha shaklida to’g’raymiz. Somonchalarni un sepilgan joyga qo’yib, plyonka bilan berkitamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Chak-chak qovuramiz

Qozonga o’simlik yog’i quyib qizdiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirchalarni oz-ozdan qizigan yog’ga solib qizartirib qovuramiz. Aralashtirib turishni unutmaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qovurilgan chakchakni salfetka solingan chuqur idishga solamiz. Salfetka ortiqcha yog’ni shimib oladi.

Qadam 8
Tugallandi

Qiyom tayyorlaymiz

Idishga shakar va suvni quyib, shakar eriguncha aralashtiramiz. Xohishga ko’ra qiyomga asal qo’yish mumkin.

Qadam 9
Tugallandi

Qaynagandan so’ng, limon sharbati qo’shamiz va o’rtacha olovda 3-5 daqiqa davomida qaynatamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Issiq qiyim bilan chak-chakni birlashtiramiz va yaxshilab aralashtiramiz, barcha bo’lakchalarga qiyom tegishi kerak.

Qadam 11
Tugallandi

Qoliplarga solib, shakl berib, sovutgichga 2 soatga olib qo’yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tayyor chak-chakni xohishga ko’ra yong’oq bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida.
Instagram: @byocard

  • 2 soat
  • Portsiya 10
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
5 ta tuxum
450 gramm un
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
0,5 choy qoshiq tuz
Qiyom uchun
250 millilitr «Blanc Bleu» gazlanmagan mineral suvi
600 gramm shakar
yarimta limon sharbati
Qovurish uchun
1 litr o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: olma va yong’oqli rulet
keyingi
Batafsil fotoretsept: «Молочная девочка» yoki «Sutli qiz» torti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.