fbpx
Videoretsept: bodomli qumoq pechenye

Videoretsept: bodomli qumoq pechenye

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bodomli qumoq pechenye sevimli retseptlaringizdan biri bo’lishi aniq. U tez va har doim sovutgichda bor mahsulotlardan tayyorlanadi. Pishiriq uqalanib ketadigan va og’izda eriydigan bo’lib pishadi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
125 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm shakar upasi
1 ta tuxum
1 choy qoshiq vanil shakari
yarimta limon sedrasi
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
220 gramm un
20-25 dona bodom yaproqlari
Qadam 1
Tugallandi

idishda yumshoq sariyog’ va shakar upasi lopatka yordamida aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum, limon sedrasi va vanil shakari qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Elangan un va qabartma qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

«Yopiq yulduz» shakldagi nasadkani qandolat qopiga o’rnatib, xamirni solamiz.
Qandolat qopi va nasadkalarni qandolatchilar uchun do’konlarda sotib olish mumkin.

Qadam 5
Tugallandi

Patnisga pergament qog’ozi solib, pechenyeni qopdan chiqaramiz. Pechenyeni istagan shaklda qilishingiz mumkin: dumaloq, uzunchoq va boshqa.

Qadam 6
Tugallandi

Pechenye o’rtasiga bodom qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

190С gacha qizdirilgan pechga 15-20 daqiqaga qizarguncha qo’yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor pechenyelarni sovutib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 45 daqiqa
  • Portsiya 20
  • Oddiy
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
125 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm shakar upasi
1 ta tuxum
1 choy qoshiq vanil shakari
yarimta limon sedrasi
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
220 gramm un
20-25 dona bodom yaproqlari
oldingi
Videoretsept: sabzili maffinlar
keyingi
Videoretsept: avokado va no’xatlik vegan sendvichlari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.