fbpx
Videoretsept: «Baunti» torti

Videoretsept: «Baunti» torti

Masalliqlar:

  • biskviti uchun

  • kokosli nachinkasi uchun

Yo’nalishlar

Baunti torit – bu mashhur shokoladni to’la-to’kis shirinlikka aylantirish uchun haqiqiy imkoniyat. Ushbu shokoladli tortni tayyorlashda hech qanday qiyin narsaning o’zi yo’q.

Xuddi shokoladga o’xshab, ushbu tort ham kokosga boy bolib, yumshoq biskviti esa kokos va sutli nachinkasi bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
biskviti uchun
250 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
150 gramm shakar
4 ta tuxum
4 osh qoshiq sut
200 gramm un
1,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq vanil shakari
3 osh qoshiq kakao kukuni
kokosli nachinkasi uchun
200 gramm sariyog'
6 osh qoshiq bug'doy yormasi mannaya krupa
200 gramm kokos qirindisi
150 gramm shakar
500 millilitr sut
bezak uchun Maselkodan "Lakomka" quyultirilgan qaynatilgan suti
Qadam 1
Tugallandi

Yumshatilgan sariyog'ni shakar bilan ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ko'pirtirib turgan holda bittadan tuxum solamiz. Sut solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Alohida idishda qolgan barcha quruq masalliqlarni aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oz-ozdan quruq massani xamirga solib, yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Biskvit xamirini 20 sm diametrga ega yog'langan qolipga solamiz.

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga yuboramiz. Pishganini taxta tayoqcha tiqib ko'rib bilib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Kokosli massani tayyorlaymiz:

Idishga sutni solib, sariyog' va bug'doy yormasini solamiz. Aralashtirib turgan holda qaynatamiz. So'ngra massa quyulgunicha qaynatamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Shakar va kokos qirindisini (kofemolkada maydalangan) solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tortni yig'amiz:

Ko'rjning tag qismini yechiladigan qolipga yoki likopchaga joylashtirib, ustidan kokosli massani solib, tekkislaymiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ustidan ko'rjning ikkinchi bo'lagini qo'yib 12 soatga yoki butun tunga muzlatgichga yuboramiz. Qaynatilgan quyultirilgan sut va kokos qirindisi bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 1 soat 30 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
biskviti uchun
250 gramm qaymoqli o'simlik yog'i "Derevenskoe"
150 gramm shakar
4 ta tuxum
4 osh qoshiq sut
200 gramm un
1,5 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq vanil shakari
3 osh qoshiq kakao kukuni
kokosli nachinkasi uchun
200 gramm sariyog'
6 osh qoshiq bug'doy yormasi mannaya krupa
200 gramm kokos qirindisi
150 gramm shakar
500 millilitr sut
bezak uchun Maselkodan "Lakomka" quyultirilgan qaynatilgan suti
oldingi
Videoretsept: «Moskvacha» plyushkalar
keyingi
Videoretsept: «Archa» asalli torti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.