Videoretsept: Banan va shokoladli pirog
Masalliqlar:
-
2 ta banan
-
2 ta tuxum
-
140 gramm yumshatilgan sariyog'
-
80 gramm smetana
-
200 gramm shakar
-
210 gramm un
-
70 gramm eritilgan shokolad
-
20 gramm kakao
-
2 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
bir chimdim tuz
-
Karameliga:
-
150 gramm shakar
-
120 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
bir chimdim tuz
-
1 choy qoshiq limon kislotasi
-
ta'bga qarab har xil yong'oqlar
Yo’nalishlar
Ajoyib hidi ishtahani ochib yuboradigan banan va shokoladli pirog retseptini taqdim etamiz.
Oila a’zolari yoki do’stlar davrasida yig’ilganda bu pirogni pishirsangiz, hammaning kayfiyati ko’tarilib, davrangiz yanada qizishi aniq.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 28 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
2 ta banan | |
2 ta tuxum | |
140 gramm yumshatilgan sariyog' | |
80 gramm smetana | |
200 gramm shakar | |
210 gramm un | |
70 gramm eritilgan shokolad | |
20 gramm kakao | |
2 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
Karameliga: |
|
150 gramm shakar | |
120 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq limon kislotasi | |
ta'bga qarab har xil yong'oqlar |
Qolipga sariyog' surtamiz va kakao sepib, olib qo'yamiz.
Tog'orachaga ezilgan banan, smetana, vanilin va yumshagan sariyog'ni solib, ozroq ko'pirtiramzi.
Bitta-bitta tuxum solib, ko'pirtiramiz.
Un, qabartma, shakar va vanilinni alohida aralashtirib olamiz, so'ng sariyog'li aralashmaga solib, ko'pirtiramiz.
Hosil bo'lgan aralashmani teng ikkiga bo'lamiz, bittasiga eritilgan shokoladni solib aralashtirib olamiz.
Ikki xil rangdagi xamirlarni navbati bilan qolipga solib chiqamiz.
170 C darajada qizdirilgan gaz pechida 50-60 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgan keksni sovutib olamiz.
Qozonchaga shakarni solib eritib olamiz, tillarangga kirgunicha aralashtiramiz. So'ng xona haroratidagi qaymoq va tuzni solib aralashtiramiz.
Past olovda 3-5 daqiqa qaynatamiz.
Iliq karamellni keks ustidan quyib, maydalangan yong'oqlardan sepamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 ta banan | |
2 ta tuxum | |
140 gramm yumshatilgan sariyog' | |
80 gramm smetana | |
200 gramm shakar | |
210 gramm un | |
70 gramm eritilgan shokolad | |
20 gramm kakao | |
2 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
Karameliga: |
|
150 gramm shakar | |
120 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq limon kislotasi | |
ta'bga qarab har xil yong'oqlar |