Videoretsept: asalli noodatiy qush tili
Masalliqlar:
-
xamiri uchun
-
1 ta tuxum
-
0,5 choy qoshiq vanil shakari
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
250 millilitr iliq suv
-
120 gramm eritilgan sariyog'
-
550-600 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
qiyomi uchun
-
200 millilitr suv
-
250 gramm shakar
-
1 choy qoshiq limon sharbati
-
2 osh qoshiq asal
Yo’nalishlar
Ko’pchiligimiz ushbu qarsildoq shirinlikni bolalaligimizdanoq bilamiz. Qush tilining retseptari ko’p bo’lib, ularning barchasi shirinlik yumshoq va havodor bo’lib chiqishiga qaratilgan.
Agar siz qarsildoq va mazali qush tilini yoqtirsangiz, unda uni ushbu retsept bo’yicha tayyorlab ko’ring. Asalli qiyomga ega noodatiy qush tili – bayram dasturxoni uchun ayni muddao.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 18 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
1 ta tuxum | |
0,5 choy qoshiq vanil shakari | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
250 millilitr iliq suv | |
120 gramm eritilgan sariyog' | |
550-600 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
qiyomi uchun |
|
200 millilitr suv | |
250 gramm shakar | |
1 choy qoshiq limon sharbati | |
2 osh qoshiq asal |
Xamir tayyorlaymiz:
Idishda tuxumni venchik yordamida yaxshilb aralashtiramiz.
Aralashtirib turgan holda vanil shakari, tuz, iliq suv va eritilgan sariyog' qo'shamiz.
Un qo'shib yumshoq xamir qoramiz. Ustini yopishqoq plyonka bilan o'rab, 40 daqiqa tindiramiz.
Qiyom tayyorlaymiz:
Idishga suv va shakar solib, olovga qo'yamiz. Qaynab chiqqanidan so'ng o'rtacha olovda 10 daqiqa qaynatamiz.
So'ngra limon sharbati, asal solib, aralashtirib turgan holda 10 daqiqa qaynatamiz va olovdan olamiz.
Xamirni tahminan 100 gramm keladigan 10 ta bo'lakka bo'lamiz.
Har bir bo'lakni 22*14 sm keladigan to'g'ri to'rtburchak shaklida 0,3 sm qalinlikda yoyamiz.
Qalinligi 0,5 sm keladigan tasmalarga kesib, videoda ko'rsalitganidek tugamiz.
Qozonni olovga qo'yib yog' quyamiz.
Hosil bo'lgan qush tililarimizni qizigan yog'ga solib, ikki taraflama tahminan 5-7 daqiqadan tilla rang bo'lgunicha qovurib olamiz.
Qovurilgan qush tililarini qiyomga botirib olib, chiroyli likopchaga solamiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
ISHONCH do'konlar tarmog'i sizni uy-ro'zg'or buyumlarining katta tanlovi bilan quvontiradi.
Instagram-dagi rasmiy sahifa: @ishonchsavdouz
Rasmiy Telegram sahifasi: ISHONCH mijozlari
Rasmiy Facebook sahifasi: @ishonchsavdouz
reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
1 ta tuxum | |
0,5 choy qoshiq vanil shakari | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
250 millilitr iliq suv | |
120 gramm eritilgan sariyog' | |
550-600 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
qiyomi uchun |
|
200 millilitr suv | |
250 gramm shakar | |
1 choy qoshiq limon sharbati | |
2 osh qoshiq asal |