Videoretsept: «Archa» sloykalari
Masalliqlar:
-
500 gramm xamirturushsiz qatlama xamir
-
120 gramm shokoladli pasta
-
20 gramm maydalangan yong'oq
-
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
-
15 gramm shakar
Yo’nalishlar
Yangi yil dasturxoni uchun ajoyib pishiriq — «Archa» sloykalari. Ular juda oson tayyorlanib, shakli va ta’mi bilan bolalarga juda yoqadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm xamirturushsiz qatlama xamir | |
120 gramm shokoladli pasta | |
20 gramm maydalangan yong'oq | |
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv | |
15 gramm shakar |
Tayyor qatlama xamirini 2 qismga bo’lib, har birini yupqa qilib yoyamiz.
Birinchi xamirga shokolad pastasi surtib, maydalangan yong’oq sepamiz va ikkinchi xamir bilan berkitamiz.
Xamirni 2-3 sm qalinlikdagi lentalarga kesib, biroz xamirni yulduzcha uchun qoldiramiz.
Har bir lentochkani archa shkaliga keltirib, videoda ko’rsatilgandek taxta tayoqchaga taqamiz.
Qolgan xamirdan qolip yordamida yulduzcha kesiz, archa ustiga yopishtiramiz.
Archalarni ehtiyotkorlik bilan pergament qog’ozi solingan patnisga qo’yamiz.
Sloykalarga tuxum sarig’i va suv aralashmasi bilan surtib, shakar sepamiz va 200C gacha qizdirilgan pechga 15-20 daqiqaga qo’yamiz.
Masalliqlar:
500 gramm xamirturushsiz qatlama xamir | |
120 gramm shokoladli pasta | |
20 gramm maydalangan yong'oq | |
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv | |
15 gramm shakar |