Vetchina va pishloq solingan lavashli pishiriqlar
Masalliqlar:
-
2 dona lavash
-
100 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'shtyoki kolbasa
-
100 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
-
bir nechta shoxcha shivit yoki kashnich
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Lavashdan tayyorlaniladigan bugungi pishirig’imizning tayyorlanilishi shu darajada oson va oddiy bo’lib, ta’mi esa juda ham ajoyibdir. Asos sifatida ichiga xohlagan masalliqlaringizdan solishingiz ham mumkin. Masalan, ko’k piyoz, tayyor qiyma, pishgan tovuq go’shti, mayonez va hokazo.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
2 dona lavash | |
100 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht | |
100 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
bir nechta shoxcha shivit yoki kashnich | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz, dudlangan go'sht yoki kolbasani mayda to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz. Ko'katlarni ham mayda to'g'rab olamiz. Lavashni esa 20x20 sm kattalikda kesib olamiz.
Pishloq, kolbasa va ko'katlarni aralashtirib olamiz.
Lavash ichiga aralashmadan solib, xohlagan shaklda buklaymiz. Masalan, naychasimon yoki konvertsimon ko'rinishda.
Tovaga yog' solib qizdirib olamiz. Lavashlarni tovaga solib, past olovda bir tomonini 2-3 daqiqadan qizartirib olamiz. Bunda olovning pastligi juda muhim, aks holda pishloq erimay qolishi mumkin.
Lavashlarni ag'darib, ikkinchi tomonini ham 2-3 daqiqa davomida qizartirib olamiz.
Tez, oson va qarsildoq lavashli pishiriqlar tayyor!
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 dona lavash | |
100 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht | |
100 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
bir nechta shoxcha shivit yoki kashnich | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |