Vegetariancha pasta
Masalliqlar:
-
200 gramm istalgan makaron
-
100 gramm brokkoli karami
-
100 gramm shampinyon
-
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
100 gramm piyoz
-
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
150 gramm pomidor
-
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
-
1-2 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Vegetariancha pasta tayyorlashdan osoni yo’q. Va bu faqatgina pomidor qaylali spagetti bo’lishi shart emas. Makaronlar barcha sabzavotlar bilan a’lo darajada uyg’unlashadi.
Bugun bizning tanlovimiz qo’ziqorin va brokkolidan tayyorlangan mazli va oson pastaga tushdi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
200 gramm istalgan makaron | |
100 gramm brokkoli karami | |
100 gramm shampinyon | |
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
100 gramm piyoz | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
150 gramm pomidor | |
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
1-2 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Makaronlarni qadog'ida ko'rsatilgani bo'yicha pishirib olamiz. Brokkoli karamani alohida yarim tayyor holiga kelgunicha qaynatamiz.
Tovada yog'ni qizdirib, mayda to'g'ralgan piyoz va sarisoqpiyozni yumshagunicha qovurib olamiz.
So'ngra tovaga tilimlarga bo'lingan qo'ziqorinni yuboramiz va 3-5 daqiqa o'rtacha olovda qovuramiz.
Qaymoq solib, tuz va murch sepamiz va 2-3 daqiqa pishiramiz.
Tovaga to'rtburchak shaklida to'g'ralgan pomidorni solamiz va orqasidan brokkolini solib, barchasini past olovda tahminan 3 daqiqa pishiramiz.
Sabzavotlarga makaronni solib, aralashtiramiz.
Tayyor pastani dasturxonga tortishdan oldin, ustiga qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Masalliqlar:
200 gramm istalgan makaron | |
100 gramm brokkoli karami | |
100 gramm shampinyon | |
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
100 gramm piyoz | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
150 gramm pomidor | |
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
1-2 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |