fbpx
  • Asosiy
  • Uyda tayyorlaniladigan qatlamali somsa
Uyda tayyorlaniladigan qatlamali somsa

Uyda tayyorlaniladigan qatlamali somsa

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Uyda tayyorlanilgan qatlamali somsalardan mazalisi bo’lmasa kerak. Bizlar bugun yana shunday bir qatlamali somsa retseptini taqdim etamiz.

Ularni tayyorlash siz o’ylaganchalik qiyin emas.

Masalliqlar:

Xamiriga:
1 kilo un
350 millilitr suv
30 gramm tuz
2 ta tuxum
Asosiga:
1 kilo mol yoki qo'y go'shti
1 kilo piyoz
300 gramm dumba yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zira
ta'bga qarab kashnich
ustiga sepish uchun sedana
ustiga surtish uchun tuxum
Qadam 1
Tugallandi

Un, suv, tuz va tuxumni solib, o'rtacha yumshoqlikdagi xamir qorib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tingan xamirni 2-3 mm yupqalikda yoyib olamiz. O'simlik yog'i va margarin aralashmasini eritib, xamirga surtamiz. Xamirni xuddi ruletdek o'raymiz va 15 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Go'sht, piyoz va dumba yog'ini to'rtburchak qilib to'g'raymiz. Tog'orachaga hammasini solamiz, ziravorlarni solib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ruletsimon xamirni bo'laklarga kesib chiqamiz. Har birini yoyib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ichiga asosdan solib, xuddi rasmdagidek buklaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Somsalarni patnisga terib, ustiga tuxumdan surtamiz, sedanadan sepamiz va darajada qizdirilgan gaz pechida tillarangga kirgunicha pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
1 kilo un
350 millilitr suv
30 gramm tuz
2 ta tuxum
Asosiga:
1 kilo mol yoki qo'y go'shti
1 kilo piyoz
300 gramm dumba yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zira
ta'bga qarab kashnich
ustiga sepish uchun sedana
ustiga surtish uchun tuxum
oldingi
«Xarcho» sho’rvasi
keyingi
Guruchli undan tayyorlangan pishloqli quymoqchalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.