fbpx
Tvorogli xamirdan olchali o’ramalar

Tvorogli xamirdan olchali o’ramalar

Masalliqlar:

  • xamiriga

  • asosiga

Yo’nalishlar

Yumshoq tvorogli xamirdan tayyorlangan olchali o’ramalar – sizni qalbingizni zabt etishi aniq. Ular tez va oson tayyorlanadi.

Aytgancha, bunday o’ramalarni istalgan meva va rezavor mevalar bilan tayyorlash mumkin.

Maslahat: agar vaqtingiz juda oz bo’lsa, o’ramalarni tayyor qatlama xamirdan tayyorlashingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
280 gramm un
200 gramm tvorog
1 ta tuxum
70 gramm shakar
7 osh qoshiq o'simlik yog'i
10 gramm qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanil shakari
asosiga
250 gramm danagidan tozalangan olcha
1,5 osh qoshiq kraxmal
2 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq dolchin ta'bga ko'ra
Qadam 1
Tugallandi

Tvorogni blender yordamida shakar bilan maydalab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bir chimdim tuz, vanil shakari solib, tuxum chaqamiz va o'simlik yog'i quyamiz. Barchasini yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un va qabartma solib, yumshoq xamir qoramiz.

So'ngra ustiga ozroq un sepish mumkin. Asosiysi xamirga ko'p un solib yubormaslik kerak. Xamir juda juda yumshoq bo'lishi muhim.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni yopishqoq plyonka bilan o'rab, 20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz:

Olchani tozalab, shakar, kraxmal va dolchin solib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni muzlatgichdan olib, 4 ta bir xil bo'laklarga bo'lamiz. Xar bir bo'lakni dumaloq shaklida yoyib, 4 ga bo'lamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Chiziqlarni pichoq yordamida rasmda ko'rsatilganidek kesamiz. Chiziqlar o'zaro tutashmasligi kerak. o'rtasiga asosini qo'yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Asos ustini avval xamirning birinchi tomoni bilan, so'ngra ikkinchi tomoni bilan yopamiz. Pishirig'imizning pastgi keng tarafini yaxshilab yopishtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

O'ramalarni gaz pechi patnisiga joylashtiramiz va 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa pishirib olamiz.

Ustiga shakar upasini sepib, dasturxonga tortishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 16
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
280 gramm un
200 gramm tvorog
1 ta tuxum
70 gramm shakar
7 osh qoshiq o'simlik yog'i
10 gramm qabartma (razrixlitel)
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanil shakari
asosiga
250 gramm danagidan tozalangan olcha
1,5 osh qoshiq kraxmal
2 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq dolchin ta'bga ko'ra
oldingi
Oshirma xamirdan olcha va o’rikli pirog
keyingi
Videoretsept: qaymoqli kremga ega eklerlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.