fbpx
Tvorogli pirog

Tvorogli pirog

Masalliqlar:

  • asosiga

Yo’nalishlar

Ushbu pirog sizning e’tiboringizga arziydi. Uning mayin tvorogli asosi va mazali shokoladli xamiri siz va oila a’zolaringiz ko’nglidan joy olishi aniq.
Tayyor taomning taxminiy narxi- 41 000 so’m*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm margarin yoki sariyog'
100 gramm shakar upasi
1 ta tuxum
20 gramm kakao kukuni
250 gramm un
5 gramm qabartma
asosiga
400 gramm 5-9 % li tvorog
200 gramm 20% yog'li smetana
2 ta tuxum
150 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
35 gramm makkajo'xori kraxmali
Qadam 1
Tugallandi

Xona haroratida yumshatilgan sariyog'ni shakar upasi bilan mikser yordamida yaxshilab aralshtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum solib, aralshtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kakao kukunini solamiz va yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Un va qabartmani elakdan o'tkazib, solamiz.
Hosil bo'lgan massani "venchik" bilan aralshtiramiz. Xamir yopishqoq bo'ladi, boshqa un solmaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir turgan idish ustini yopib, 40 daqiqaga muzlatgichga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz.

Tvorogni "sito"dan o'tkazib, boshqa masalliqlar bilan birlashtiramiz. Qoshiq yoki mikser yordamida yaxshilab aralshtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirdan bezak uchun ozroq qismini olib qo'yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qolipni pastki qismini (22-24 santimetr) pergament qog'ozi bilan qoplaymiz, yonlarini yog'laymiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirni katta qismini olib, qolipga moslab qo'lda yoyib chiqamiz. Agar xamir yopishqoq bo'lsa, qo'lni unlab olsa bo'ladi.

Qadam 10
Tugallandi

Yoyilgan xamir ustiga tvorogli asosni quyamiz.
Olib qo'yilgan xamirni yoyib, undan istalgan shaklchalar kesib olamiz

Qadam 11
Tugallandi

Hosil bo'lgan shaklchalarni tvorogli asos ustiga qo'yib chiqamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pirogni 180 darajada qizdirilgan gaz pechida taxminan 60 daqiqa pishirib olamiz.
Tayyor pirogni sovutamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm margarin yoki sariyog'
100 gramm shakar upasi
1 ta tuxum
20 gramm kakao kukuni
250 gramm un
5 gramm qabartma
asosiga
400 gramm 5-9 % li tvorog
200 gramm 20% yog'li smetana
2 ta tuxum
150 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
35 gramm makkajo'xori kraxmali
oldingi
Quritilgan mevalar va olma bilan pishirilgan guruchli bo’tqa
keyingi
Videoretsept: somsa «Trio»

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.