Tvorogli pirog
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
200 gramm yumshatilgan sariyog'
-
200 gramm smetana
-
80 gramm shakar
-
400 gramm un
-
1.5 choy qoshiq qabartma
-
Asosiga:
-
400 gramm tvorog
-
80 gramm shakar
-
1 dona tuxum oqi
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Tvorogli pishiriqlar ko’pchilikning eng sevimli yeguliklaridan biridir. Uni tayyorlash oson bo’lib, umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.
Uning asosi faqat tvorogdan iboratligi sabab ham, yosh-u qariga bir xil tavsiya qilinadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 32 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
200 gramm yumshatilgan sariyog' | |
200 gramm smetana | |
80 gramm shakar | |
400 gramm un | |
1.5 choy qoshiq qabartma | |
Asosiga: |
|
400 gramm tvorog | |
80 gramm shakar | |
1 dona tuxum oqi | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i |
Xona haroratidagi sariyog'ni shakar bilan birga ko'pirtirib olamiz. Smetanani solib, yana ko'pirtiramiz.
Qabartma bilan unni elab solamiz va yumshoqina, ammo qo'lga yopishmaydigan xamir qorib olamiz.
Tuxum oqini shakar bilan ko'pirtirib olamiz. Tvorogni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Kattaligi 25x25 sm qolipga pergament qog'oz to'shaymiz. Xamirning yarmini olib, qo'lda patnis ustida yoyib chiqamiz.
Tvorogli aralashmani xamir ustidan solib, ustini tekislaymiz. Ikkinchi xamirni esa ikkita pergament qog'oz o'rtasida yoyib olamiz. Pirog ustini yopib, chetki xamirlarni bir-biriga yopishtirib chiqamiz.
Tuxum sarig'ini ko'pirtirib, pirog ustidan surtib chiqamiz.
Gaz pechini 190 С darajaga qizdirib, 10 daqiqa pishiramiz, so'ng haroratni 180-175 С ga tushirib, 25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Sovutib, bo'laklarga bo'lamiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
200 gramm yumshatilgan sariyog' | |
200 gramm smetana | |
80 gramm shakar | |
400 gramm un | |
1.5 choy qoshiq qabartma | |
Asosiga: |
|
400 gramm tvorog | |
80 gramm shakar | |
1 dona tuxum oqi | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i |