Tvorogli krem qo’shilgan halqachalar
Masalliqlar:
-
125 millilitr suv
-
125 millilitr sut
-
100 gramm sariyog'
-
5 gramm tuz
-
5 gramm shakar
-
150 gramm un
-
4-5 ta tuxum
-
Kremiga:
-
300 gramm tvorog
-
175 gramm yumshatilgan sariyog'
-
90 gramm shakar upasi
-
65 gramm quyultirilgan sut
-
1 choy qoshiq vanil
Yo’nalishlar
Mayin, yumshoqqina va mazali krem bilan boyitilgan halqachalar kattayu-kichikka birdek yoqishi aniq.
Bu pishiriq uchun xamirni qaynatib pishiramiz, kremiga esa tvorogdan solamiz.
Quyidagi masalliqlarda 10-12 dona halqachalar chiqadi.
Pishiriqqa qilinadigan xarajatning taxminiy bahosi – 26 000 so’m.*
*narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Masalliqlar:
125 millilitr suv | |
125 millilitr sut | |
100 gramm sariyog' | |
5 gramm tuz | |
5 gramm shakar | |
150 gramm un | |
4-5 ta tuxum | |
Kremiga: |
|
300 gramm tvorog | |
175 gramm yumshatilgan sariyog' | |
90 gramm shakar upasi | |
65 gramm quyultirilgan sut | |
1 choy qoshiq vanil |
Suv, sut, sariyog', tuz va shakarni hammasini tog'orachaga solamiz va olovga qo'yib, qaynash darajasiga yetkazamiz.
Gaz ustidan olamiz va unni solib, qoshiqda yaxshilab aralashtiramiz.
Tog'orachani yana gaz ustiga qo'yamiz va 2-3 daqiqa qaynatamiz.
So'ng gaz ustidan olib biroz sovutamiz.
Tuxumni alohida idishga chaqib solamiz.
Xamirli aralashmaga 2-3 qoshiqdan solib, yaxshilab aralashtiramiz.
Tuxum balki ko'proq yoki kamroq ketishi mumkin, bu xamirning holatiga bog'liq. Xamir qoshiqdan biroz oqishi mumkin.
Xamirni pishiriq qopchasiga solamiz va 30 daqiqaga qoldiramiz. Qopchaning uchiga "yopiq yulduzcha" uchligini qo'yamiz.
Tvorogni blenderda ezib, silliq holatga keltiramiz.
Xona haroratidagi sariyog'ni shakar upasi bilan yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Ko'pirtirishda davom etib quyultirilgan sutni, so'ng vanil va tvorogni solamiz.
Masalliqlar birlashguniga qadar aralashtirib olamiz.
Kremni ham pishiriq qopchasiga solamiz va xamirning orasiga qo'yib, ikkinchi yarmi bilan ustini yopamiz.
Dasturxonga tortishdan oldin shakar upasi sepib bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
125 millilitr suv | |
125 millilitr sut | |
100 gramm sariyog' | |
5 gramm tuz | |
5 gramm shakar | |
150 gramm un | |
4-5 ta tuxum | |
Kremiga: |
|
300 gramm tvorog | |
175 gramm yumshatilgan sariyog' | |
90 gramm shakar upasi | |
65 gramm quyultirilgan sut | |
1 choy qoshiq vanil |